Alyaskadagi sammit tamoyillari, NATO tahdidi: Lavrovning asosiy bayonotlari

© Sputnik / Kirill Zikov
/ Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva AQSh prezidenti Ukrainadagi mojaroni avvalgiday Alyaskadagi uchrashuv asosida hal qilishga intilishiga umid qiladi.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo xavfsizligi bo‘yicha uchinchi xalqaro anjumanda nutq so‘zladi.
Asosiy bayonotlar:
NATOning kengayishi bir daqiqaga ham to‘xtamayapti;
G‘arb katta Yevropa urushiga tayyorgarlikni yashirmayapti;
Arktikada NATOning faollashgani xavotirga solmay qo‘ymaydi, bu hudud tinch bo‘lishi shart;
Moskva umid qiladiki, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni avvalgiday Alyaskadagi uchrashuv asosida hal qilishga intiladi;
NATO mamlakatlari rahbariyati AQShNi Ukrainadagi mojaroni tartibga solish g‘oyasidan voz kechishga undamoqda;
Rossiyaning NATO va YeI mamlakatlariga hujum qilish niyati yo‘q, Moskva buni bo‘lajak xavfsizlik kafolatlarida mustahkamlaydi;
Xavfsizlik arxitekturasi asoslariga putur yetkazib, NATO Tinch okeanida o‘ziga joy ajratib olishga intilmoqda, ularning maqsadi – Xitoyni ushlab turish va Rossiyani yakkalash;
Ukrainadagi tinchlikka yondashuvlar AQSh takliflari asosida ishlab chiqilgan;
Rossiya Yevroosiyoni NATOning otameros mulkiga aylantirishga qarshi;
NATO va YeI elitalari bilan muloqot istiqbollari ko‘rinmayapti.

