Kuz-qish mavsumida elektr va gaz tariflari oshirilmaydi — energetika vaziri

© unsplash.com/Diego PHLampochka. Illyustrativnoe foto
Lampochka. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2025
Obuna bo‘lish
Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari kelasi yili may oyida inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilinadi.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilmaydi. Bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi, deya yozadi O‘zA.
Vazirga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari kelasi yili may oyida inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilinadi.
Gaz va elektr energiyasiga yangi tariflar 1-maydan kuchga kirgan edi. 1-maydan elektr energiyasi uchun bazaviy tarif (oyiga 200 kVt/soat doirasida) 450 so‘mdan 600 so‘mga, gaz uchun 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha oshirilgan.
Hukumatning mart oyidagi qarori bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba, yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10% dan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilinishi belgilangan.
Koshka u batarei v moskovskoy kvartire. Otopitelniy sezon v Moskve nachalsya 13-sentabrya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2025
Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun tariflar oshiriladi
Yangiliklar lentasi
0