"Yurak urishi" — zamonaviy o‘zbek san’atining yangi nafasi - foto

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Samarqandlik rassomlar Nuriddin Isayev va Ahmad Isoyev asarlaridan iborat "Yurak urishi" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
2025 yil 24-oktabr kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida "Yurak urishi" nomli ko‘rgazma ochildi. Ekspozitsiya 24-noyabrgacha davom etadi. Tadbir Samarqand rassomlik maktabining yangi avlod vakillari — Nuriddin Isayev va Ahmad Isoyev ijodiga bag‘ishlangan.
Loyiha zamonaviy tafakkur bilan milliy an’analar uyg‘unligini namoyon etib, insonning ruhiy dunyosi va vaqt mavzusini yangi ranglar orqali ochib beradi.
Nuriddin Isayevning asarlarida rang va shaklga bo‘lgan nozik his, falsafiy talqin va metaforik obrazlar uyg‘unlashadi. Uning 36 ta asarida vaqt va xotira mavzusi orqali o‘tmish va hozirgi kun mulohazasi ifodalangan. Rassom rang orqali hayot ritmini, Sharqning ruhiy jihatini va ichki go‘zallikni yorqin aks ettiradi.

"Men uchun ijod — kislorod kabi. Agar bir kun yoki hatto bir soat ijod bilan shug‘ullanmasam, kechqurun o‘zimni kunni behuda o‘tkazgandek his qilaman. Agar menga o‘tmishda yoki hozirgi kunda yashagan har qanday rassomning ustaxonasini ko‘rish imkoni berilganida, men meksikalik rassom Rufino Tamayoni tanlagan bo‘lardim. Bolaligimizda uyimizda uning ijodiga bag‘ishlangan albom bor edi, u meni juda yoshligimdan ilhomlantirgan",— dedi rassom Nuriddin Isayev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Ahmad Isoyev esa inson his-tuyg‘ularini abstrakt shakl va rang orqali talqin etadi. Uning 31 ta asarida rangning emotsional energiyasi, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, shuningdek, ichki dunyoning ruhiy qirralari tasvirlangan.

"Shunaqa rassomlar borki, yillar davomida bir xil uslubda ishlaydi, umuman eksperiment qilmaydi — menimcha, bu juda zerikarli. Chunki agar rassom izlanmasa, u rivojlanmaydi. Ijodda yangilik bo‘lmasa, u bir nuqtada to‘xtab qoladi. Men uchun esa har bir asar — yangi bosqich, yangi izlanish. Ijod men uchun shifo — ustaxonamga kirsam, barcha tashvishlar yo‘qoladi. Har bir kartina meni boshqa olamga olib kiradi, go‘yo vaqt to‘xtaydi. Men istayman, tomoshabin asarimni qalbi bilan his qilsin", deydi rassom Ahmad Isoyev Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi tomoshabinni zamonaviy o‘zbek san’atidagi yangi izlanishlarga chorlaydi. U nafaqat rassomlar ijodining samarasi, balki ilhom va xotirjamlik baxsh etuvchi badiiy mulohazadir.
Sputnik fototasmasida "Yurak urishi" ko‘rgazmasi fototo‘plamini tomosha qiling.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Samarqandlik rassomlar Nuriddin Isayev va Ahmad Isoyev asarlaridan iborat "Yurak urishi" ko‘rgazmasi.

Samarqandlik rassomlar Nuriddin Isayev va Ahmad Isoyev asarlaridan iborat "Yurak urishi" ko‘rgazmasi. - Sputnik O‘zbekiston
1/19

Samarqandlik rassomlar Nuriddin Isayev va Ahmad Isoyev asarlaridan iborat "Yurak urishi" ko‘rgazmasi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ahmad Isoyev "Tanlov".

Ahmad Isoyev "Tanlov". - Sputnik O‘zbekiston
2/19

Ahmad Isoyev "Tanlov".

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Samarqandlik rassomlar Nuriddin Isayev va Ahmad Isoyev asarlaridan iborat "Yurak urishi" ko‘rgazmasi.

Samarqandlik rassomlar Nuriddin Isayev va Ahmad Isoyev asarlaridan iborat "Yurak urishi" ko‘rgazmasi. - Sputnik O‘zbekiston
3/19

Samarqandlik rassomlar Nuriddin Isayev va Ahmad Isoyev asarlaridan iborat "Yurak urishi" ko‘rgazmasi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi mehmonlari.

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi mehmonlari. - Sputnik O‘zbekiston
4/19

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi mehmonlari.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ahmad Isoyev "Cadosiz ovoz".

Ahmad Isoyev "Cadosiz ovoz". - Sputnik O‘zbekiston
5/19

Ahmad Isoyev "Cadosiz ovoz".

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi.

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi. - Sputnik O‘zbekiston
6/19

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Axmad Isoyev "Bo‘ydoq".

Axmad Isoyev "Bo‘ydoq". - Sputnik O‘zbekiston
7/19

Axmad Isoyev "Bo‘ydoq".

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ahmad Isoyev "Sokinlik oramizda".

Ahmad Isoyev "Sokinlik oramizda". - Sputnik O‘zbekiston
8/19

Ahmad Isoyev "Sokinlik oramizda".

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi.

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi. - Sputnik O‘zbekiston
9/19

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ahmad Isoyev "Ikki jon bir tanada".

Ahmad Isoyev "Ikki jon bir tanada". - Sputnik O‘zbekiston
10/19

Ahmad Isoyev "Ikki jon bir tanada".

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ko‘rgazma mehmoni.

Ko‘rgazma mehmoni. - Sputnik O‘zbekiston
11/19

Ko‘rgazma mehmoni.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Nuriddin Isayev "Eshakda".

Nuriddin Isayev "Eshakda". - Sputnik O‘zbekiston
12/19

Nuriddin Isayev "Eshakda".

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi.

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi. - Sputnik O‘zbekiston
13/19

"Yurak urishi" ko‘rgazmasi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Nuriddin Isayev "Yig‘ilish".

Nuriddin Isayev "Yig‘ilish". - Sputnik O‘zbekiston
14/19

Nuriddin Isayev "Yig‘ilish".

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Nuriddin Isayev kartinasi yonida.

Nuriddin Isayev kartinasi yonida. - Sputnik O‘zbekiston
15/19

Nuriddin Isayev kartinasi yonida.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Nuriddin Isayev "Qadimiy ot nafasi".

Nuriddin Isayev "Qadimiy ot nafasi". - Sputnik O‘zbekiston
16/19

Nuriddin Isayev "Qadimiy ot nafasi".

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ko‘rgazma mehmoni.

Ko‘rgazma mehmoni. - Sputnik O‘zbekiston
17/19

Ko‘rgazma mehmoni.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Nuriddin Isayev "Eski shaxar".

Nuriddin Isayev "Eski shaxar". - Sputnik O‘zbekiston
18/19

Nuriddin Isayev "Eski shaxar".

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Xotira uchun fotosurat.

Xotira uchun fotosurat. - Sputnik O‘zbekiston
19/19

Xotira uchun fotosurat.

Yangiliklar lentasi
0