Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Pushilin: Rossiya harbiylari DXRdagi Krasnoarmeyskning katta qismini nazorat qilmoqda

© Sputnik / Sergey Baturin / Mediabankka o‘tishDenis Pushilin
Denis Pushilin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2025
Obuna bo‘lish
Shaharda hozir shiddatli janglar davom etmoqda.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Krasnoarmeyskning katta qismini nazorat qilmoqda. Bu haqda respublika rahbari Denis Pushilin ma’lum qildi.

“Shiddatli janglar davom etayotgan Krasnoarmeyskning o‘zi, allaqachon uning katta qismi Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostida”, - dedi u “Rossiya 24” telekanali efirida.

Bu shahar – Ukraina Qurolli kuchlarining Donesk Xalq Respublikasidagi eng muhim logistika yo‘llaridan biri. Uni ozod qilish Rossiya armiyasiga DXRning g‘arbiy chegaralariga chiqishga va Zaporojye viloyatida hujumni davom ettirishga imkon beradi.
Kuni kecha Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga “Markaz” guruhi dushmanni Krasnoarmeysk va Dimitrovo hududida qurshab olishni yakunlaganini ma’lum qilgan edi.
Trenirovka shturmovikov gruppirovki voysk Yujnaya v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
DXRda ko‘proq xorijlik yollanma askarlar yo‘q qilinmoqda – rossiyalik jangchi
Yangiliklar lentasi
0