https://oz.sputniknews.uz/20251026/voyaga-etmagan-javobgarlik-52983265.html
O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirildi
O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirildi
Sputnik O‘zbekiston
Jinoyat kodeksiga yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslar jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng sudlanmagan hisoblanadi. Shuningdek, ozodlikni cheklash va mahrum qilish jazolarining eng kam muddati 6 oydan 1 oygacha qisqartirildi. Qonun bolalar jinoiy javobgarligini liberallashtirishga xizmat qilishi kerak.
2025-10-26T10:17+0500
2025-10-26T10:17+0500
2025-10-26T10:17+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jinoiy javobgarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48162729_0:47:800:497_1920x0_80_0_0_6d0b5871f57485d217c99af98795abab.png
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. O‘zbekistonda voyaga yetmagan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirildi. Yangi qonun bilan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.Bundan o‘ta og‘ir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno etib belgilandi.Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirildi.Statistik raqamlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilda 1 911 nafar, 2024-yilda 2214 nafar voyaga yetmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va sudlangan. O‘tgan yilda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 1 238 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni esa 855 tani tashkil qilgan.Senatorlar bu qonun voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirishga xizmat qilishi va o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsga hayotini sudlanganlik tamg‘asidan xoli tarzda davom ettirishi uchun sharoit yaratishini ta’kidlashgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20231019/rossiya-voyaga-etmagan-fuqaro-ozbekiston-40116311.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48162729_38:0:763:544_1920x0_80_0_0_27e3b08413eb20fbe481fbef2723e2a7.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
voyaga yetmagan shaxslar jinoiy javogarlik yangi qonun
voyaga yetmagan shaxslar jinoiy javogarlik yangi qonun
O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirildi
Ozodlikni cheklash va mahrum qilish jazolarining eng kam muddati 6 oydan 1 oygacha qisqartirildi.
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. O‘zbekistonda voyaga yetmagan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirildi. Yangi qonun bilan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritildi. Kodeksga kiritilgan o‘zgartirish qo‘shimchalarga ko‘ra, 18 yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan hisoblanishi belgilandi.
Bundan o‘ta og‘ir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno etib belgilandi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirildi.
Statistik raqamlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilda 1 911 nafar, 2024-yilda 2214 nafar voyaga yetmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va sudlangan. O‘tgan yilda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 1 238 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni esa 855 tani tashkil qilgan.
Senatorlar bu qonun voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirishga xizmat qilishi va o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsga hayotini sudlanganlik tamg‘asidan xoli tarzda davom ettirishi uchun sharoit yaratishini
ta’kidlashgandi.