Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina zarbasi Belgorod suv ombori to‘g‘onini shikastladi

© SossetiPosledstviya udara VSU po plotine Belgorodskogo vodoxranilisha
Posledstviya udara VSU po plotine Belgorodskogo vodoxranilisha - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2025
Obuna bo‘lish
To‘g‘on buzilgan taqdirda mingga yaqin aholini boshqa joyga ko‘chirishga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan berilgan zarba oqibatida Belgorod suv ombori to‘g‘oniga zarar yetdi. Bu haqda Belgorod gubernatori Vacheslav Gladkov ma’lum qildi.

"Dushman yana bir zarba berishga urinib, to‘g‘onni buzishi mumkinligini tushunamiz. Agar bu sodir bo‘ladigan bo‘lsa, Xarkov viloyati tomonidagi tekislikdagi 1000 ga yaqin aholi istiqomat qiladigan aholi punktlarini suv bosishi xavfi tug‘iladi", dedi gubernator.

Viloyat rahbariyati suv toshqini xavfi ostida bo‘lgan va boshqa uy-joy imkoniyatlariga ega bo‘lmagan mintaqa aholisiga Belgoroddagi vaqtinchalik yashash markazlariga ko‘chib o‘tish imkoniyatini taklif qila boshladi.
O‘tgan tunda Ukraina qurolli kuchlari Belgorod viloyatiga 140 qa yaqin dronlar bilan hujum qildi. Hujumlar oqibatida bir necha tinch aholi turar joylari va suv ombori to‘g‘oni shikastlandi. To‘rt nafar tinch aholi jarohatlanib tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Bugun tongda Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning Rossiyadagi tinch aholi obyektlariga uyushtirgan teraktlariga javoban Ukraina harbiy-sanoat kompleksi obyektlari va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi energetika infratuzilmasiga zarba berdi. Belgilangan barcha nishonlar yakson qilindi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Yangiliklar lentasi
0