Shavkat Mirziyoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
25 oktabr — O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlari kuni.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
"Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali xizmati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, profilaktika ishlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, o‘z burchini sharaf va mas’uliyat bilan ado etib, mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun", - deyiladi Farmon matnida.
II darajali "Shon sharaf" ordeni bilan
Ashropov Ramazon Axmatxo‘jayevich - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari
"Mardlik" ordeni bilan
Torebekov Baxtiyar Ismandiyarovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri
Xusanov Ilos Pardayevich - Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori
"Do‘stlik" ordeni bilan -
Maxmudova Mariya Stepanovna - Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi katta eksperti
Tashxodjayev Ulug‘bek Shuxratovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i
Xatamov Rustam Abduganiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i
"Jasorat" medali bilan
Abbasov Avliyo Israilxonovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
Karimkulova Sayyora Kudratovna - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi kichik inspektori
Xaitov Abdunayim Xayrullayevich - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili
Xudaynazarov Sanjar Farxodovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan qo‘yida tanishish mumkin.