Prezident ichki ishlar xodimlari va faxriylarni tabrikladi
17:50 25.10.2025 (yangilandi: 17:59 25.10.2025)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana uzbe
Obuna bo‘lish
IIV xodimlariga mukofotlar topshirildi va prezident tabrigi o‘qib eshittirildi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar xodimlari va faxriylarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
Prezident tabrik so‘zini bayram munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Sherzod Asadov o‘qib zshittirdi.
Prezident tabrik so‘zini bayram munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Sherzod Asadov o‘qib zshittirdi.
"Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari, muhtaram faxriylar! Siz, azizlarni 25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman", - deb boshlanadi tabrik so‘zi.
Shundan so‘ng davlat rahbari so‘nggi yillarda ichki ishlar organlari sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida aytib o‘tgan.

Sotrdnikam MVD vruchili nagradi i zachitali pozdravlenie prezidenta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana uzbe
Xususan, "mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish”, “tezkor yordam” tizimi, migrantlar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha alohida tashkiliy-profilaktik mexanizmlar shakllantirildi.
“Xavfsiz shahar” yagona platformasi va 20 dan ortiq yangi axborot tizimlari ishga tushirildi. “Yagona migrant” axborot bazasi yordamida uzoq vaqt xorijda yurgan shaxslar bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Sotrdnikam MVD vruchili nagradi i zachitali pozdravlenie prezidenta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana uzbe
Shundan so‘ng prezident IIV xodimlariga tinchlik yo‘lidagi sadoqatli va fidokorona xizmatingiz uchun minnatdorlik bildirib ularni bayram bilan yana bir bor tabrikladi.
Sizlarni bugungi shukuhli bayram bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman."
Eslatib o‘tamio‘, Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni 26 nafar ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotlash haqida farmonni ham imzolagan edi.
