Ayrim tumanlarda yangi hokimiyat binolari qurilib, past qavatlari biznes uchun beriladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishXokimiyat Tashkenta
Xokimiyat Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2025
Obuna bo‘lish
Hukumat tuman va shaharlarda mahalliy boshqaruv binolarini optimal joylashtirish hamda biznes loyihalarga yo‘naltirishni belgiladi.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekistonda jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shaharlar)da mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi ma’muriy binolar quriladi. Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
tegishli tuman (shaharlar)ning 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturlari;
bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangi ma’muriy binolar foydalanishga qabul qilingandan so‘ng ularning 1 va 2-qavatlari ustuvor ravishda savdo va servis faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga beriladi.
Tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi ma’muriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida:
-buyurtmachilar etib – Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilandi;
bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Bunda yangi ma’muriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini 2026-yil 1-dekabrga qadar yakunlash belgilab qo‘yildi.
Iskusstvenniy intellekt. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2025
Hokimiyat organlarida boshqaruv shtatlari maqbullashtiriladi — yangi qonun
Yangiliklar lentasi
0