MDHda noqonuniy migratsiyaga qarshi choralar ko‘rish haqida kelishib olindi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishPredstaviteli stran SNG obsudili v Samarkande meri po borbe s nezakonnoy migratsiyey
Predstaviteli stran SNG obsudili v Samarkande meri po borbe s nezakonnoy migratsiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2025
Obuna bo‘lish
Samarqandda MDH vakillari ishtirokida migratsiya masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Samarqandda 21-22 oktabr kunlari MDH Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash Komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan asosiy masalalar:
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, migratsiya oqimlari ustidan nazoratni kuchaytirish, milliy migratsiya qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar, uni buzganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish.
Chet el fuqarolarini noqonuniy legallashtirish va fuqarolikka qabul qilish mexanizmlari va ularga javob berish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar.
Chet el fuqarolari uchun mamlakat hududiga kirish uchun kerak bo‘ladigan dolzarb axborotlarni migratsiya organlari veb-saytlariga joylashtirish va doimiy yangilab turish amaliyoti.
MDH davlatlari orasida xalqaro readmissiya to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish va amalga oshirish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini tartibga solishda milliy mexanizmlarni e’tiborga olish.
Migratsiya sohasida vakolatli organlar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish va boshqalar.
Shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda vakolatli organlar tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Yig‘ilishda migratsiya organlari vakillari ilgari Qo‘shma komissiya tomonidan ma’qullangan yechimlar va Hamdo‘stlik mamlakatlari hukumatlariga yuborildi.
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash qo‘shma komissiyasining yig‘ilishida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, MDH aksilterror markazi, Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0