https://oz.sputniknews.uz/20251022/putin-russia-uzbekistan-hududlar-kengash-murojaat-52891207.html
Putin Rossiya va O‘zbekiston II hududlar kengashi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi
Putin Rossiya va O‘zbekiston II hududlar kengashi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin Moskva viloyatida bo‘lib o‘tayotgan Rossiya va O‘zbekiston hududlari II kengashi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. U ikki mamlakat munosabatlari strategik sheriklik va hamkorlik ruhida izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.
2025-10-22T14:01+0500
2025-10-22T14:01+0500
2025-10-22T14:01+0500
hamkorlik
vladimir putin
prezident
forum
iqtisod
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/05/45500129_0:0:3005:1691_1920x0_80_0_0_18420af0cbb53bed375cb963a97bb592.jpg
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyatida bo‘lib o‘tayotgan Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashining ikkinchi majlisi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. Murojaatni Rossiya Hukumati raisi o‘rinbosari Denis Manturov forum ochilishida o‘qib eshittirdi.Rossiya rahbari o‘z murojaatida Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Bu hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri hududlar o‘rtasidagi aloqalar ekanini qayd etdi.Putinning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida 40 tadan ortiq hududlararo kelishuvlar amal qilmoqda. Ular iqtisodiyot, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, sanoat parklari va texnologik markazlar tashkil etish, ko‘rgazmalar va taqdimotlar o‘tkazishga xizmat qilmoqda.Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashi ikkinchi majlisi 21–22 oktabr kunlari Moskva viloyatida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda ikki mamlakat viloyatlari rahbarlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda biznes doiralari ishtirok etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251022/hududlar-kelishuv-52885415.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/05/45500129_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_ea6a35a10ea5b2d24d0bf2cf31037a5b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, rossiya, o‘zbekiston, hududlar kengashi, moskva viloyati, vatanparvarlar bog‘i, murojaat, strategik sheriklik, ittifoqchilik, hamkorlik, amaliy natijalar, forum, denis manturov, iqtisodiy munosabatlar, sanoat, transport, ta’lim, madaniyat, rossiya–o‘zbekiston munosabatlari
vladimir putin, rossiya, o‘zbekiston, hududlar kengashi, moskva viloyati, vatanparvarlar bog‘i, murojaat, strategik sheriklik, ittifoqchilik, hamkorlik, amaliy natijalar, forum, denis manturov, iqtisodiy munosabatlar, sanoat, transport, ta’lim, madaniyat, rossiya–o‘zbekiston munosabatlari
Putin Rossiya va O‘zbekiston II hududlar kengashi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi
Vladimir Putin kengash ishtirokchilariga murojaat yo‘llab, ikki mamlakat strategik hamkorligi va amaliy aloqalari izchil rivojlanayotganini qayd etdi
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyatida bo‘lib o‘tayotgan Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashining ikkinchi majlisi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati
xabar berdi.
Murojaatni Rossiya Hukumati raisi o‘rinbosari Denis Manturov forum ochilishida o‘qib eshittirdi.
Rossiya rahbari o‘z murojaatida Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Bu hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri hududlar o‘rtasidagi aloqalar ekanini qayd etdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida 40 tadan ortiq hududlararo kelishuvlar amal qilmoqda. Ular iqtisodiyot, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, sanoat parklari va texnologik markazlar tashkil etish, ko‘rgazmalar va taqdimotlar o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
"Ishonchim komilki, sizning muhokamalaringiz konstruktiv va mazmunli bo‘ladi, ilgari surilayotgan g‘oya va tashabbuslar esa Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida amaliy natijalar beradi", - dedi o‘z murojaatida Vladimir Putin.
Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashi ikkinchi majlisi 21–22 oktabr kunlari Moskva viloyatida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda ikki mamlakat viloyatlari rahbarlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda biznes doiralari ishtirok etmoqda.