https://oz.sputniknews.uz/20251022/farmon-suniy-intellekt-zilzila-prognoz-52879662.html
Sun’iy intellekt zilzilalarni oldindan prognoz qiladi
Sun’iy intellekt zilzilalarni oldindan prognoz qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Farmonga muvofiq, sun’iy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatga prognoz qilish tizimi joriy etiladi. Loyiha dastlab Toshkent shahrida amalga oshirilib, seysmik xavfsizlikni ta’minlashda yangi bosqich boshlanadi.
2025-10-22T09:21+0500
2025-10-22T09:21+0500
2025-10-22T10:02+0500
o‘zbekiston
jamiyat
yangi qonun
toshkent
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0e/52685714_2:0:1630:916_1920x0_80_0_0_bb32b2df0ffc057e1c80352e4a2a3ff8.png
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida zilzilalarni bashorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalishdagi vazifalarni belgilab beruvchi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan ustuvor yo‘nalishlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan: - madaniy meros obyektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligini monitoring qilish tizimini yaratish; - seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini raqamlashtirish va unga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish; - qurilish maydonlari uchun zamin gruntlarini o‘rganish va ularning mustahkamligini oshirish choralarini ko‘rish.Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab: -️ respublikadagi “A-373” va “M-39” avtomobil yo‘llarida hamda ularga tutash tog‘li hududlardan o‘tgan temiryo‘llarda ko‘chki sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori hududlarning doimiy radiolokatsion kosmik monitoringi tashkillashtiriladi; - sun’iy intellekt yordamida seysmik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatlarda prognoz qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Dastlabki bosqichda sun’iy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatda prognoz qilish Toshkent shahri misolida tashkil etiladi. 2026-yil 1-martdan boshlab bino va inshootlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha texnik holati sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251021/favqulodda-vaziyat-tahlil-suniy-intellekt-52862996.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0e/52685714_409:0:1630:916_1920x0_80_0_0_46394cb2b23b98bb1116483576ef610b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident farmoni, sun’iy intellekt, zilzila, seysmik xavf, prognoz, o‘zbekiston, toshkent, xavfsizlik, raqamlashtirish, bashorat, seysmik monitoring, 2026-yil, uzbekiston
prezident farmoni, sun’iy intellekt, zilzila, seysmik xavf, prognoz, o‘zbekiston, toshkent, xavfsizlik, raqamlashtirish, bashorat, seysmik monitoring, 2026-yil, uzbekiston
Sun’iy intellekt zilzilalarni oldindan prognoz qiladi
09:21 22.10.2025 (yangilandi: 10:02 22.10.2025) Hujjatga muvofiq, mamlakatda seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi raqamlashtirilib, kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatga prognoz qilish amaliyoti joriy etiladi
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida zilzilalarni bashorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalishdagi vazifalarni belgilab beruvchi Prezident Farmoni
qabul qilindi.
Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan ustuvor yo‘nalishlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- madaniy meros obyektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligini monitoring qilish tizimini yaratish;
- seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini raqamlashtirish va unga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish;
- qurilish maydonlari uchun zamin gruntlarini o‘rganish va ularning mustahkamligini oshirish choralarini ko‘rish.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
-️ respublikadagi “A-373” va “M-39” avtomobil yo‘llarida hamda ularga tutash tog‘li hududlardan o‘tgan temiryo‘llarda ko‘chki sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori hududlarning doimiy radiolokatsion kosmik monitoringi tashkillashtiriladi;
- sun’iy intellekt yordamida seysmik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatlarda prognoz qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Dastlabki bosqichda sun’iy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatda prognoz qilish Toshkent shahri misolida tashkil etiladi.
2026 yil 1-martdan boshlab bino va inshootlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha texnik holati sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinadi.