Toshkentdagi biznes forumda O‘zbekiston va Qozog‘iston qator bitimlar imzoladi
10:13 21.10.2025 (yangilandi: 09:28 22.10.2025)

© press-slujba MIPT
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekiston–Qozog‘iston biznes forumida ikki davlat ishbilarmonlari ishtirok etdi. Forumda savdo, investitsiya va agro-sanoat sohalarida qo‘shma loyihalar muhokama qilindi va bitimlar imzolandi.
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri. Bu Qozog‘istonning O‘zbekistonga uyushtirgan yettinchi savdo missiyasidir. Forum ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 20-yig‘ilishi oldidan bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev hamda Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Aydar Abildabekov nutq so‘zladi.

Uzbeksko-Kazaxstanskiy biznes-forum, press-slujba MIPT RUz
© press-slujba MIPT
Xurram Teshaboyevning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi ikki baravarga oshgan bo‘lib, joriy yil boshidan buyon yana 15 % oshgan.
“Hozirda O‘zbekistonda Qozog‘iston ishtirokidagi 1100 taga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 876 tasi to‘liq Qozog‘istonniki, 282 tasi esa qo‘shma korxonalardir”, - dedi u.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina 2024-yilning o‘zida Qozog‘istondan O‘zbekistonga sanoat mahsulotlari importi hajmi 10 milliard dollardan oshgan.

Uzbeksko-Kazaxstanskiy biznes-forum, press-slujba MIPT RUz
© press-slujba MIPT
Forum yakunida 5 ta muhim hujjat imzolandi:
Qozog‘iston yog‘li o‘simliklarni qayta ishlash milliy uyushmasi va O‘zbekistonning o‘simlik hamda hayvon yog‘lari ishlab chiqaruvchisi "Fayz Oil Imports" kompaniyasi o‘rtasida o‘simlik yog‘lari eksportini rivojlantirish va yog‘li o‘simliklarni qayta ishlash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Qozog‘istonlik go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi “Empire Food” va qishloq xo‘jaligi xomashosini yetkazib berishga ixtisoslashgan “Flexcom Group” o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi;
Marketing va tahliliy xizmatlar ko‘rsatuvchi “iMAS Group” kompaniyasi hamda “Bellissimo Pizza International” xalqaro pisseriya tarmog‘i brend monitoringi bo‘yicha shartnoma tuzishdi, bu sifat nazoratini yaxshilash va mahsulotni samarali targ‘ib qilish imkonini beradi;
Olmaota xamirturush zavodi va O‘zbekistonning “Sof Oyna” kompaniyasi quruq xamirturush yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, bu non ishlab chiqarish sohasini barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.
Qozog‘istonning “StalSink” va O‘zbekistonning “Stroytexmontaj” kompaniyalari O‘zbekistonda infratuzilma loyihalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlab yo‘l to‘siqlarini yetkazib berishga kelishib oldi.
Aydar Abildabekov O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining alohida xususiyatini ta’kidladi.

Uzbeksko-Kazaxstanskiy biznes-forum, press-slujba MIPT RUz
© press-slujba MIPT
“Mamlakatlarimizni nafaqat ishonch va umumiy manfaatlar asosidagi mustahkam iqtisodiy aloqalar, balki umumiy chegara va asrlar davomida shakllangan qo‘shnichilik rishtalari ham bog‘lab turadi. Xalqimiz aytganidek, “Yaqin qo‘shni uzoq qarindoshdan yaxshiroq”, ya’ni “Uzoq qarindoshdan yaqin qo‘shni afzalroq”, - dedi Abildabekov.
Forum doirasida davlat tuzilmalari va biznes vakillari o‘rtasida muzokaralar (G2B) o‘tdi, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari yangi qo‘shma loyihalarni rivojlantirish va savdo hamkorligini kengaytirish maqsadida B2B formatidagi uchrashuvlarni o‘tkazdi.
