https://oz.sputniknews.uz/20251021/nizhny-novgorod-tashkent-bitim-52864833.html
Toshkent va Nijniy Novgorod viloyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi
Toshkent va Nijniy Novgorod viloyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
Nijniy Novgorod va Toshkent viloyatlari savdo, ta’lim va innovatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytiradi. Yangi kelishuv ikki hudud munosabatlarini mustahkamlaydi
2025-10-21T15:04+0500
2025-10-21T15:04+0500
2025-10-21T15:04+0500
o‘zbekiston
rossiya
savdo
axborot texnologiyalari (it)
iqtisod
nijniy novgorod
toshkent viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/15/52864099_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_3398bc9a9e5ceba1ecc14430d485ee58.jpg
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati hukumati va Toshkent viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va ijtimoiy sohalarda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqda Nijniy Novgorod viloyati gubernatori matbuot xizmati xabar berdi.Gubernator Gleb Nikitin ta’kidlaganidek, hozirgacha viloyatning O‘zbekiston bilan to‘rtta hududiy hamkorlik shartnomasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endi beshinchisi ham qo‘shildi.Uchrashuvda axborot texnologiyalari va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi. Gleb Nikitinning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalishlar ikki hudud uchun dolzarb hisoblanadi:Gubernatorning ta’kidlashicha, ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Nijniy Novgorod delegatsiyasi mehmonlarga viloyatning iqtisodiy va ilmiy salohiyatini namoyish etdi — ular qurilayotgan muz arenasi, “NEMARK” IT-kampusi hamda tarixiy yodgorlik joylarini ko‘zdan kechirishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250924/jizzax-nijegorod-viloyat-hamkorlik-52222084.html
o‘zbekiston
nijniy novgorod
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/15/52864099_103:0:1240:853_1920x0_80_0_0_b0bb54d95624b140c9ec065a48b849d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, toshkent viloyati, nijniy novgorod, hamkorlik, bitim, savdo, ilmiy-texnikaviy aloqalar, madaniy hamkorlik, uzbekiston, xamkorlik
o‘zbekiston, toshkent viloyati, nijniy novgorod, hamkorlik, bitim, savdo, ilmiy-texnikaviy aloqalar, madaniy hamkorlik, uzbekiston, xamkorlik
Toshkent va Nijniy Novgorod viloyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi
Toshkent va Nijniy Novgorod viloyatlari hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Yangi bitim savdo, ilmiy va madaniy yo‘nalishlardagi aloqalarni rivojlantiradi
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati hukumati va Toshkent viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va ijtimoiy sohalarda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqda Nijniy Novgorod viloyati gubernatori matbuot xizmati
xabar berdi.
Gubernator Gleb Nikitin ta’kidlaganidek, hozirgacha viloyatning O‘zbekiston bilan to‘rtta hududiy hamkorlik shartnomasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endi beshinchisi ham qo‘shildi.
“Hokim Zoir Mirzayev bilan uchrashuv paytiga kelib, to‘rtta hamkorlik shartnomasi mavjud edi. Endi biz O‘zbekistonda beshinchi hamkorga ega bo‘ldik”, — dedi gubernator.
Uchrashuvda axborot texnologiyalari va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi. Gleb Nikitinning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalishlar ikki hudud uchun dolzarb hisoblanadi:
“Bizning oliy o‘quv yurtlarimizda 2000 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Ular Nijniy Novgoroddagi barcha xorijiy talabalarning 30 foizini tashkil etadi. Bu hamkorligimiz salohiyatining yaqqol misoli”, — dedi u.
Gubernatorning ta’kidlashicha, ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Nijniy Novgorod delegatsiyasi mehmonlarga viloyatning iqtisodiy va ilmiy salohiyatini namoyish etdi — ular qurilayotgan muz arenasi, “NEMARK” IT-kampusi hamda tarixiy yodgorlik joylarini ko‘zdan kechirishdi.