Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Novopavlovka yaqinida Rossiya armiyasi Ukraina mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota morskoy pexoti v zone SVO
Rabota morskoy pexoti v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari DXRning Novopavlovka yaqinida Ukraina mudofaasini buzib o‘tdi. Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari ko‘p pog‘onali mudofaa tuzilmasini yengib, frontda ilgarilashga erishgan
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Rossiya armiyasi Donesk xalq respublikasi (DXR) hududidagi Novopavlovka atrofida Ukraina mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti DXR rahbari Denis Pushilinning so‘zlariga tayanib, xabar berdi.
“Krasnoarmeysk yo‘nalishida bizning jangchilarimiz Novopavlovka hududida jiddiy mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi. U ko‘p pog‘onali mudofaa edi — mina maydonlari, temir-beton to‘siqlar, tankka qarshi xandaqlar va keng yer osti yo‘llari tarmog‘i bor edi”, — dedi Pushilin “Rossiya 24” telekanali efirida.
Rossiya Mudofaa vazirligi Novopavlovka ozod qilinganini 15-oktabr kuni ma’lum qildi. U Krasnoarmeysk va Dimitrov o‘rtasidagi Ukraina mudofaasining asosiy nuqtalaridan biri bo‘lgan. Rossiya Qurolli kuchlarining muvaffaqiyati bu shaharlarni izolyatsiya qilish uchun zamin yaratdi.
Shuningdek, jangchilar Rodinskiy va Qizil Liman yo‘nalishlaridagi pozitsiyalarni yaxshiladi. Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlar Yampolda joylashgan, ammo Ukraina kuchlari aholi punktiga yaqin hududlarda to‘plangan, chunki u yer ozod etilgandan so‘ng barcha ta’minot yo‘llari yopiladi.
DXR rahbari Konstantinovka hududidagi vaziyat haqida gapirar ekan, Rossiya razvedkasi shahar chekkalariga kirib borganini bildirdi. Shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Dobropolsk yo‘nalishida Ukraina armiyasi pozitsiyalarini yo‘q qilishda davom etmoqda.
Frontovie dorogi SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi Zaporojye viloyatidagi Poltavka va DXRdagi Chunishinoni ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0