"ASEAN Arts & Crafts Bazaar"da ilk bor O‘zbekiston stendi ochildi

© Sputnik / Baxrom XatamovProduksiya remeslennikov
Produksiya remeslennikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hunarmandlari Malayziyadagi xalqaro san’at va hunarmandchilik ko‘rgazmasi ishtirokchilariga milliy kulolchilik maktabining namunalarini taqdim etdi
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Malayziya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan "ASEAN Arts & Crafts Bazaar 2025" — san’at va milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasida ilk bor O‘zbekiston milliy stendi tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.
Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vazirligi huzuridagi Hunarmandchilikni rivojlantirish korporatsiyasi tomonidan uyushtirilgan mazkur ko‘rgazmada 15 ga yaqin xorijiy davlat, jumladan, ASEAN mamlakatlari, Xitoy va Turkiya hunarmandlari ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida hunarmandchilikning turli yo‘nalishlariga oid mahsulotlar namoyish etildi hamda mahalliy va xorijiy ustalar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
O‘zbekiston milliy stendida “Otashin kulolchilik” kompaniyasi ustalari tomonidan milliy kulolchilik buyumlari namoyish etildi.
Tadbir doirasida Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vazirligi bosh kotibi Shaharuddin Abu Sohot o‘zbekistonlik ustalarga xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etilishiga qo‘shgan hissasi uchun maxsus sertifikat topshirdi.
V Kuala-Lumpure organizovana vistavka svejix i suxofruktov, pererabotannix produktov pitaniya i napitkov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
O‘zbekiston mahsulotlari Malayziya bozoriga chiqmoqda
Yangiliklar lentasi
0