Moskva viloyatida O‘zbekiston va Rossiya hududlararo kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto
Flag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2025
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda elektron tijorat istiqbollari, investitsiyalarlarni jalb qilish, sanoat, transport va logistika, energetika loyihalarini amalga oshirish muhokama qilinadi.
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. 21-22 oktabr kunlari Moskva viloyatida O‘zbekiston va Rossiya hududlararo kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va Moskva viloyati hukumati hamkorligida tashkil etilmoqda.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, kengash yig‘ilishi dasturidan O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar o‘rin olgan. Jumladan, forum doirasida kengashning yalpi majlisi, Rossiya-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashlari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, elektron tijorat istiqbollari, investitsiyalarlarni jalb qilish, sanoat, transport va logistika, energetika loyihalarini amalga oshirish, agrosanoat majmuasida hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan tematik panel sessiyalari o‘tkaziladi.
II Hududlararo kengash yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash, ikki mamlakat hududlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida aniq shartnomalar imzolash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llarini belgilash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya hududlararo kengashining birinchi yig‘ilishi 2024-yil 27-may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan edi.
Ministr energetiki provel vstrechu s Aleksandrom Novakom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2025
O‘zbekiston va Rossiya neft-gaz va energetika sohasida yangi loyihalarni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0