Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish xavfini tahlil etish avtomatlashtiriladi

© Sputnik / Konstantin ChalabovProdaja sigaret v odnom iz magazinov
Prodaja sigaret v odnom iz magazinov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2025
Obuna bo‘lish
Xavf darajasini tahlil qilish jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. O‘zbekistonda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha xavfni tahlil etish avtomatlashtiriladi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Nizom iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha xavfni tahlil etish avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish tartibini belgilaydi.
Nizom talablari:
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini eksport va import qilish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish
va realizatsiya qilish bosqichlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Xavf darajasini tahlil qilish jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
Xavflilik darajasidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlari uch toifaga bo‘linadi:
huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyekti;
huquqbuzarlik sodir etish xavfi o‘rtacha bo‘lgan tadbirkorlik subyekti;
huquqbuzarlik sodir etish xavfi past bo‘lgan tadbirkorlik subyekti.
Xavf darajasi yuqori bo‘lmagan tadbirkorlik subyektiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ularga yo‘l qo‘ymaslik borasida shaxsiy kabinet orqali yozma ravishda xabarnoma (ogohlantirish) yuboriladi.
YeAES-2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII tamaki kontrabandasiga qarshi kurashishda navigatsiya plombalarini qo‘llamoqchi
Yangiliklar lentasi
0