https://oz.sputniknews.uz/20251018/world-boxing-eng-kuchli-davlatlar-reytingi-52804847.html
“World Boxing” eng kuchli davlatlar reytingini e’lon qildi
“World Boxing” eng kuchli davlatlar reytingini e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro “World Boxing” tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ilk reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari yetakchilar sifatida e’tirof etildi
2025-10-18T11:17+0500
2025-10-18T11:17+0500
2025-10-18T11:20+0500
sport
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
boks
reyting
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/11/49399828_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_38517478df301c3538d3dd34b1e8ccf1.jpg
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. “World Boxing” tashkiloti o‘zining birinchi reytingini e’lon qildi. Reytingda besh yetakchi davlatlar: Shuningdek, Angliya, Hindiston va Yaponiya ham beshtadan kuchli bokschilarga ega.Bu reyting “World Boxing” tashkilotining havaskor boksda tuzilgan birinchi mustaqil baholashi hisoblanadi. Reyting Parij Olimpiadasidan boshlab “World Boxing” federatsiyasi qoshida o‘tkazilgan ilk rasmiy turnirlar natijalari asosida tuzilgan. Kelgusida u Olimpiya o‘yinlari, Jahon chempionatlari va litsenzion musobaqalarga yo‘llanmalarda muhim mezon bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.World Boxing tarixi2019 yilda XOQ xalqaro boks assotsiatsiyasi - AIBAni turli ayblovlar bilan 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlaridan chetlatgan edi. 2022-yilda XOQ bir qator davlatlar bosimi ostida rossiyalik Umar Kremlov boshqargan va "Gazprom" sponsorlik qilgan tashkilotni tan olmasligini e’lon qildi. World Boxing 2023-yil aprel oyida olti davlat — AQSh, Britaniya. Germaniya, Niderland, Shvetsiya va Filippin tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda unga 125 davlat a’zo bo‘lgan. Tashkilot rahbari niderlandlik Boris van der Vorst. Qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin - World Boxing Olimpiya komissiyasi raisi.
https://oz.sputniknews.uz/20250914/fazliddin-erkinboev-jahon-chempioni-51953377.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/11/49399828_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_ab3d8034efa7e73536f52aa623d5ae0a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xalqaro world boxing tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ilk reyting natijalariga ko‘ra, o‘zbekiston va qozog‘iston terma jamoalari yetakchilar sifatida e’tirof etildi jahon boks reytingi e’lon qilindi – kimlar peshqadam jahon boks reytingi e’lon qilindi – kimlar peshqadam xalqaro world boxing tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ilk reyting natijalariga ko‘ra, o‘zbekiston va qozog‘iston terma jamoalari yetakchilar sifatida e’tirof etildi
xalqaro world boxing tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ilk reyting natijalariga ko‘ra, o‘zbekiston va qozog‘iston terma jamoalari yetakchilar sifatida e’tirof etildi jahon boks reytingi e’lon qilindi – kimlar peshqadam jahon boks reytingi e’lon qilindi – kimlar peshqadam xalqaro world boxing tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ilk reyting natijalariga ko‘ra, o‘zbekiston va qozog‘iston terma jamoalari yetakchilar sifatida e’tirof etildi
“World Boxing” eng kuchli davlatlar reytingini e’lon qildi
11:17 18.10.2025 (yangilandi: 11:20 18.10.2025) Ilk reytingida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchi jamoalar sifatida e’tirof etildi.
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. “World Boxing” tashkiloti o‘zining birinchi reytingini e’lon
qildi. Reytingda besh yetakchi davlatlar:
1.
O‘zbekiston 12 nafar bokschisi (7 erkak va 5 ayol) yigirma vazn toifasida birinchi o‘rinda;
2.
Qozog‘iston 11 bokschi (6 erkak va 5 ayol) bilan ikkinchi o‘rinda;
3.
Turkiya - 8 nafar bokschi (7 ayol va 1 erkak) bilan uchinchi;
4.
Braziliya - 7 nafar bokschi (4 erkak va 3 ayol) bilan to‘rtinchi o‘rinni,
5.
Xitoy - 6 nafar bokschi (4 ayol va 2 erkak) bilan beshinchi o‘rinni olgan.
Shuningdek, Angliya, Hindiston va Yaponiya ham beshtadan kuchli bokschilarga ega.
Bu reyting “World Boxing” tashkilotining havaskor boksda tuzilgan birinchi mustaqil baholashi hisoblanadi. Reyting Parij Olimpiadasidan boshlab “World Boxing” federatsiyasi qoshida o‘tkazilgan ilk rasmiy turnirlar natijalari asosida tuzilgan. Kelgusida u Olimpiya o‘yinlari, Jahon chempionatlari va litsenzion musobaqalarga yo‘llanmalarda muhim mezon bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
2019 yilda XOQ xalqaro boks assotsiatsiyasi - AIBAni turli ayblovlar bilan 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlaridan chetlatgan edi. 2022-yilda XOQ bir qator davlatlar bosimi ostida rossiyalik Umar Kremlov boshqargan va "Gazprom" sponsorlik qilgan tashkilotni tan olmasligini e’lon qildi.
World Boxing 2023-yil aprel oyida olti davlat — AQSh, Britaniya. Germaniya, Niderland, Shvetsiya va Filippin tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda unga 125 davlat a’zo bo‘lgan. Tashkilot rahbari niderlandlik
Boris van der Vorst. Qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin - World Boxing Olimpiya komissiyasi raisi.