Tehronda Avliyo Mariyam metro bekati ochiladi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Bekatining ochilishi musulmonlar va nasroniylar orasidagi madaniy muloqot va o‘zaro hurmat namunasi bo‘ladi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Tez orada Tehron markazida “Avliyo Mariyam” nomli metro bekati ochiladi, deb xabar beradi “RIA Novosti” muxbiri.
"Maram-e Mogaddas" (Avliyo Maram) stansiyasi, Eronda Bibi Maram nomi bilan tanilgan, Nejatollahi ko‘chasidagi Avliyo Sarkis arman Apostol cherkovining yonida joylashgan.

Eron Islom Respublikasi rahbariyati mamlakatdagi diniy ozchilik bo‘lgan nasroniylarga hurmat belgisi sifatida uning nomi va ichki dizayni Iso Masihning onasi siymosiga bag‘ishlashga qaror qildi.

Stansiya dizayneri Tanya Tarigmehrning aytishicha, bekatning ichki qismi Bibi Maram hayotiga va nasroniy tushunchalarga bag‘ishlangan 7ta panel bilan bezatilgan. Kirish joyi esa Qur’oni Karimning "Maram" surasining 6ta oyati yozilgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari metro bekatining ochilishini musulmonlar va nasroniylar o‘rtasidagi madaniy muloqot va o‘zaro hurmat namunasi deb atadi.
RIA Novosti muxbiri aytishiga ko‘ra, “Avliyo Mariyam” metro bekatida barcha ishlar allaqachon yakunlangan va hozirda uning rasmiy ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Yaqin kular ichida stansiya yo‘lovchilarni qabul qilishni boshlaydi.
Yangiliklar lentasi
0