Rossiya va AQShni bog‘lovchi tunnel ustida ish olti oy oldin boshlangan

© WikipediaBeringov proliv
Beringov proliv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya investitsiyalar fondi "AQSh-Kanada-Rossiya-Xitoy" temir yo‘li bo‘yicha takliflarni o‘rganib chiqmoqda.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Rossiya va Alyaskani Bering bo‘g‘ozi orqali bog‘laydigan qit’alararo tunnelning texnik-iqtisodiy asoslari ustida ish olti oy avval boshlangan.
Bu haqida Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RTIF) rahbari, Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan sarmoya va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.
“Biz olti oy oldin Rossiya va Alyaska o‘rtasidagi tunnelning texnik-iqtisodiy asoslanishini boshlagan edik”, — deb yozdi Dmitriyev X ijtimoiy media platformasida.
Shanba kuni Dmitriyev Rossiya va AQSh o‘rtasida tunnel qurish bo‘yicha muzokaralar boshlanganini e’lon qildi. Payshanba kuni Boring Company texnologiyasidan foydalangan holda qit’alararo tunnel qurish istiqbollari haqida gapirgan edi.

Dmitriyev aytishiga ko‘ra, ayni damda Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi mavjud takliflarni, jumladan, "AQSh-Kanada-Rossiya-Xitoy" temir yo‘li bo‘yicha takliflarni o‘rganib chiqmoqda.
Beringov proliv - Sputnik O‘zbekiston
Bering bo‘g‘ozi ostida tunnel

Tunnel g‘oyasi ilk bor 1890 yillarda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda qit’alarni temir yo‘l yoki parom orqali bog‘lash orqali faol iqtisodiy aloqalar o‘rnatish rejalashtirilgan edi.

1918 yilda bolsheviklar foydali qazilmalardan foydalanish maqsadida Uzoq Sharq hududini imkon qadar tezroq o‘zlashtirishga kirishadi. U yerda temir yo‘llar qurish va elektr tarmoqlari tortish boshlanadi.

1960 yillarda AQSh energetiklari Bering bo‘g‘ozi orqali ikki davlat energetika tarmoqlarini ulash va yagona energetika tizimi yaratishni taklif qilindi.

1990 yillardan buyon AQSh va Rossiyani birlashtiruvchi tunnel g‘oyasi ustuvorlikni egallab turli bosqichlarda rivojlanib kelmoqda. AQShda hatto Alyaska shtati homiyligida maxsus kompaniya ham tashkil etilgan - Bering Strait Tunnel and Railroad Group" (IBSTRG).

2007 yilda Rossiya temir yo‘llarni rivojlantirish strategiyasida Bering bo‘g‘oziga olib chiquvchi uzunligi 3,5 km bo‘lgan “Pravaya Lena — Ziranka — Uelen” temiryo‘l magistrali qurish loyihasi prezident tomonidan ma’qullandi.

2020 yilda loyihaga Xitoy tomonidan qiziqish paydo bo‘ldi.

2024 yilda Tramp hukumat boshiga kelganidan so‘ng uzunligi 2,4 ming km, qiymati $ 22 mlrd bo‘lgan “AQSh-Kanada” temir yo‘li loyihasi ma’qullandi. Bering bo‘g‘ozi ostidagi tunnelga qurilishiga yangi umid paydo bo‘ldi.

Mutaxassislar ushbu tunnel qurilishi 2040 yillarda amalga oshishiga umid qilmoqda. Loyihaning eng qiyin tomonlari bu — noqulay iqlim sharoitlari va siyosiy to‘siqlar. Shuningdek, turili xil temir yo‘l kengligi kabi texnik muammolar ham bor.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0