Avtomaktabni bitirganlar yagona namunadagi elektron guvohnoma oladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishV Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa
V Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2025
Obuna bo‘lish
Yangi tartib asosida elektron guvohnomalar uchun hech qanday yig‘im undirilmaydi.
TOShKENT, 16 okt – Sputnik. O‘zbekistonda avtomaktablarni muvaffaqiyatli bitirganlar uchun yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi. Hukumat qaroriga tegishli o‘zgartirish kiritildi.
Endilikda o‘quv tashkilotlari imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganlarga ta’lim jarayoni tugatilgani haqida yagona namunadagi elektron guvohnomani “e-avtota‘lim.uz” moduli orqali avtomatik shakllantiradi.
Qarorga ko‘ra:
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga o‘quv tashkilotlari tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan yagona namunadagi elektron guvohnoma shakllantiriladi.
Yagona elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tashkil etuvchi davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga real vaqt rejimida avtomatik taqdim etiladi.
Elektron guvohnomalar uchun hech qanday yig‘im undirilmaydi.
Voditelskoe udostoverenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2025
O‘zbekistonda endi haydovchilik guvohnomasini onlayn qayta tiklash mumkin
Yangiliklar lentasi
0