Shavkat Mirziyoyev yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasi bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasi bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2025
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida birinchi bor ko‘cha o‘rtasida ajratilgan avtobus yo‘lagi amaliyotga tatbiq qilindi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida bo‘lib, Shota Rustaveli ko‘chasida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shota Rustaveli ko‘chasining Mirobod ko‘chasidan Choshtepa ko‘chasigacha bo‘lgan qariyb 7 kilometr qismi rekonstruksiya qilindi. Endi bu yo‘l 10 ta qatnov qismiga bo‘lingan bo‘lib, uning 6 ta tasmasida avtomobillar, maxsus ajratilgan 2 ta yo‘nalishda avtobuslar harakatlanadi. Qolgan 2 ta yo‘lak esa avtomobillar to‘xtab turishi uchun mo‘ljallangan.

Ko‘cha o‘rtasida rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, BRT (Bus Rapid Transit) tizimi asosida ajratilgan avtobus yo‘lagi Toshkent shahrida birinchi bor amaliyotga tatbiq qilindi.

Loyiha doirasida avtobuslar to‘xtashi uchun 21 ta yangi bekat, 463 ta “aqlli” svetofor o‘rnatildi. Intellektual transport tizimi joriy etildi. Yo‘l bo‘yida avtomobillar to‘xtab turishi uchun ham sharoit inobatga olingan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s rezultatami rekonstruksii ulisi Shota Rustaveli v gorode Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2025
Shavkat Mirziyoyev yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasi bilan tanishdi
Umumiy qiymati 19,2 million dollarlik ushbu loyiha natijasida yo‘lovchi oqimi soatiga 2 ming 500 dan 6 ming kishiga ortdi. Shuningdek, sutkasiga 40 mingta avtomobil o‘tkazish imkoniyati yaratilib, o‘rtacha tezlik soatiga 23 kilometrdan 30 kilometrga yetkazildi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, velosiped yo‘laklari, yashil hududlar, sug‘orish va drenaj tizimlari barpo etildi.
Davlat rahbari avtobusda yurib, qulayliklarni ko‘rdi, yo‘lovchilar bilan samimiy suhbatlashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s rezultatami rekonstruksii ulisi Shota Rustaveli v gorode Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2025
Shavkat Mirziyoyev yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasi bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0