https://oz.sputniknews.uz/20251015/ozbekistonda-tozalik-oyligi-boshlandi-52713132.html
O‘zbekistonda tozalik oyligi boshlandi
O‘zbekistonda tozalik oyligi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident topshirg‘iga ko‘ra 15-oktabrdan respublikada tozalik va ozodalik oyligi boshlanadi.
2025-10-15T13:45+0500
2025-10-15T13:45+0500
2025-10-15T13:45+0500
ekologiya
oylik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0f/52713284_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_711ecc08ed7eed09aa06386b55f402c8.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekistonda, prezident topshirig‘iga binoan, 15-oktabrdan tozalik va ozodalik oyligi boshlandi, deb xabar qilmoqda Ekologiya vazirligi. Barcha tashkilotlar rahbarlari, xususan, Ekologiya vazirligi rahbariyati ushbu tadbirlarida shaxsiy namuna sifatida faol ishtirok etadi.Undan tashqari, Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil qilinmoqda. Bu shtablar tomonidan har bir viloyat, tuman va shaharlarda qat’iy ekologik nazorat o‘rnatiladi hamda jamoatchilikka kundalik ma’lumot berib boriladi.Oylik davomida ekologik huquqbuzarliklarga qarshi doimiy reyd tadbirlari amalga oshiriladi. Vazirlik tomonidan respublikaning barcha hududlariga onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu kameralar nazorati yanada kuchaytiriladi.Vazirlik ogohlantirishiga ko‘ra, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga ko‘ra qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi!
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0f/52713284_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_96ee9fcd0d9a1b724bcd96a400e84db6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologiya tozalik oylik viloyat tuman
ekologiya tozalik oylik viloyat tuman
O‘zbekistonda tozalik oyligi boshlandi
Prokuratura va Milliy gvardiya xodimlaridan iborat maxsus shtablar viloyat, tuman va shaharlarda qat’iy ekologik nazorat o‘rnatiladi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekistonda, prezident topshirig‘iga binoan, 15-oktabrdan tozalik va ozodalik oyligi boshlandi, deb xabar qilmoqda Ekologiya vazirligi.
Oylik davomida barcha mahallalar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, ko‘chalar, aholi turar joylari hududlarida tozalash ishlari amalga oshiriladi. Volontorlar, yosh eko-faollar ishtirokida turli tozalik aksiyalari, plogginglar tashkil etiladi.
Barcha tashkilotlar rahbarlari, xususan, Ekologiya vazirligi rahbariyati ushbu tadbirlarida shaxsiy namuna sifatida faol ishtirok etadi.
Undan tashqari, Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil qilinmoqda. Bu shtablar tomonidan har bir viloyat, tuman va shaharlarda qat’iy ekologik nazorat o‘rnatiladi hamda jamoatchilikka kundalik ma’lumot berib boriladi.
Oylik davomida ekologik huquqbuzarliklarga qarshi doimiy reyd tadbirlari amalga oshiriladi. Vazirlik tomonidan respublikaning barcha hududlariga onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu kameralar nazorati yanada kuchaytiriladi.
Vazirlik ogohlantirishiga ko‘ra, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga ko‘ra qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi!