MDH xavfsizlik organlari Samarqandda ekstremizm, narkotrafik bilan kurashni muhokama qiladi

© Sputnik/Zafar XalilovFlagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda
Flagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2025
Obuna bo‘lish
Muzokaralarda mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash borasida o‘zaro hamkorlikning aniq vazifa va yo‘nalishlarini belgilab olinadi.
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Samarqandda 16–17 oktabr kunlari MDH davlatlari xavfsizlik organlari, maxsus va razvedka xizmatlari rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu anjumandan ko‘zlangan maqsad — Hamdo‘stlik makonida xavfsizlikni ta’minlash, shu jumladan, xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, axborot xavfsizligiga tahdidlar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning aylanmasiga qarshi kurashda hamkorlikni mustahkamlash.
Majlisda zamonaviy tahdidlar va o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirishga oid keng qamrovli masalalar ko‘rib chiqiladi.
Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘izston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston maxsus xizmatlari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi va MDHga a’zo davlatlar Aksilterror markazi vakillari ishtirok etadi.
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2025
Toshkentda MDH havo hujumidan mudofaa qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0