https://oz.sputniknews.uz/20251015/forum-eu-sco-tajikistan-kyrgyzstan-uchrashuv-52722236.html
Farg‘onada Tinchlik forumi qanday o‘tmoqda
Farg‘onada Tinchlik forumi qanday o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona forumi doirasida hokim Xayrullo Bozorov YeI, ShHT, Tojikiston va Qirg‘iziston vakillari bilan mintaqaviy tinchlik va hamkorlikni muhokama qildi.
2025-10-15T18:34+0500
2025-10-15T18:34+0500
2025-10-15T18:34+0500
o‘zbekiston
farg‘ona
jamiyat
hokim
uchrashuv
markaziy osiyo
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0f/52721545_2:0:1278:718_1920x0_80_0_0_93f535e7331afd617986787f6adf7bf1.jpg
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Farg‘onada 15-16 oktabr kunlari “Farg‘ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo‘lida birdamlik” forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forumning ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona tinchlik forumi — bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoni tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik mintaqasiga aylantirish siyosatining amaldagi ifodasi ekanligini ta’kidladi. Anjumanda Markaziy Osiyo, MDH, Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi, shuningdek, Tojikistonning So‘g‘d va Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyati rahbarlari qatnashmoqda.Farg‘ona tinchlik forumida ishtirok etayotgan BMT, YeI va ShHT vakillari ushbu tadbir muloqot, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash hamda Farg‘ona vodiysini rivojlantirish uchun doimiy platforma yaratishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250911/uzbekistan-din-hamjihatlik-vijdon-erkinlik-forum-51903898.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0f/52721545_162:0:1119:718_1920x0_80_0_0_9d663ad47cff4565d83bb01082e05bdf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
farg‘ona forumi, xayrullo bozorov, shht, yevropa ittifoqi, eduards stiprays, suhayl xon, rajabboy ahmadzoda, oybek shamenov, qirg‘iziston, tojikiston, farg‘ona viloyati, markaziy osiyo, tinchlik forumi, mintaqaviy hamkorlik, do‘stlik, iqtisodiy aloqalar, xalqaro muloqot, shxt, yei, fargona, kirgiziston
farg‘ona forumi, xayrullo bozorov, shht, yevropa ittifoqi, eduards stiprays, suhayl xon, rajabboy ahmadzoda, oybek shamenov, qirg‘iziston, tojikiston, farg‘ona viloyati, markaziy osiyo, tinchlik forumi, mintaqaviy hamkorlik, do‘stlik, iqtisodiy aloqalar, xalqaro muloqot, shxt, yei, fargona, kirgiziston
Farg‘onada Tinchlik forumi qanday o‘tmoqda
Forum xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim maydon bo‘ladi.
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Farg‘onada 15-16 oktabr kunlari “Farg‘ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo‘lida birdamlik” forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumning ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona tinchlik forumi — bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoni tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik mintaqasiga aylantirish siyosatining amaldagi ifodasi ekanligini ta’kidladi.
"So‘nggi to‘qqiz yil ichida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Prezidentlarimiz ochiq va pragmatik siyosati, do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish tashabbuslari tufayli O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi", - dedi Bozorov.
Anjumanda Markaziy Osiyo, MDH, Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi, shuningdek, Tojikistonning So‘g‘d va Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyati rahbarlari qatnashmoqda.
Farg‘ona tinchlik forumida ishtirok etayotgan BMT, YeI va ShHT vakillari ushbu tadbir muloqot, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash hamda Farg‘ona vodiysini rivojlantirish uchun doimiy platforma yaratishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.