Jamoat joylarida xizmat itlari patrul ishlarini boshladi

© Sputnik / Nikolay XijnyakSlujebnie sobaki kinologicheskoy slujbi
Slujebnie sobaki kinologicheskoy slujbi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2025
Obuna bo‘lish
Xizmat itlaridan xiyobonlar, istirohat bog‘lari va bozorlarda giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olish maqsadida foydalaniladi
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. IIV hamda Milliy gvardiya tomonidan jamoat joylarida xizmat itlaridan foydalanish tartibini belgilovchi qo‘shma qaror qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahar xokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qarorga muvofiq, dastlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida joylashgan jamoat joylarida xizmat itlari bilan birgalikda patrul naradlari tajriba-sinov tariqasida faoliyat boshladi.
Hozirda Toshkent shahar IIBB Kinologiya bo‘limi xodimlari “Tashkent City Mall” savdo majmuasi, “City Park”, “Dream Park” va “Magic City” ko‘ngilochar maskanlarida xizmat faoliyatini olib bormoqda.
Xizmat itlari yordami jinoyatlarning oldini olishda, xususan, fuqarolarga yoki xodimlarga hujum uyushtirish holatlarini bartaraf etishda, jinoyat sodir etgandan keyin yashirinayotgan shaxslarni aniqlash va ushlashda, shuningdek, qo‘lga olingan shaxslarning qochishga urinishi yoki atrofdagilarga zarar yetkazish ehtimoli mavjud vaziyatlarda qo‘llaniladi.
Qarorga muvofiq, jonivorlarning xizmat davomiyligi ob-havo harorati +30°C dan yuqori yoki +1°C dan past bo‘lgan paytlarda 4 soatdan oshmasligi belgilangan.
Itlarga ishonish mumkin, lekin odamlarga ishonib bo‘lmaydi - kinolog. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2024
Bu kasbda mehr-muhabbatsiz ishlab bo‘lmaydi - kinolog
Yangiliklar lentasi
0