Mirziyoyev Birlashgan kurash dunyosi rahbarini "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident vstretilsya s glavoy UWW
Prezident vstretilsya s glavoy UWW - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2025
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev va Lalovich uchrashuvida sport infratuzilmasi, Mintaqaviy kurash akademiyasini tashkil etish va yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan kurash dunyosi (UWW) rahbari Nenad Lalovichni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Lalovich ommaviy sport va yakkakurashni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun bu ordenga loyiq ko‘rilgan.
Uchrashuvda O‘zbekistonda yakkakurash sport turlarini rivojlantirish, ommaviy sportni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Nenad Lalovich Yangi O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy infratuzilmani yaratish va yoshlarni sport harakatiga jalb etish borasidagi ishlarga yuqori baho berdi.
Tomonlar mamlakatda xalqaro musobaqalar va chempionatlar o‘tkazish, Mintaqaviy kurash akademiyasini tashkil etish hamda sport tibbiyoti, diyetologiyasi va psixologiyasi sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishdilar.
Prezident bolalar va yoshlar o‘rtasida yakkakurash sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni tayyorlashning zamonaviy tizimini joriy etish va sport infratuzilmasini yanada yaxshilash muhimligini ta’kidladi.
Vo vremya vizita prezidenta UWW v NOK Uzbekistana obsujdalos sotrudnichestvo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2025
O‘zbekiston va UWW sportdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Yangiliklar lentasi
0