https://oz.sputniknews.uz/20251014/sergey-bezrukov-ozbekiston-52694275.html
Toshkent, Yesenin, Visoskiy va “Bezori”: Sergey Bezrukov O‘zbekiston haqida
Toshkent, Yesenin, Visoskiy va “Bezori”: Sergey Bezrukov O‘zbekiston haqida
Sputnik O‘zbekiston
Sputnik multimedia matbuot markazida Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.Gap uning O‘zbekistonga tashrifi, madaniy tashabbuslar va ijodiy rejalar haqida bordi.
2025-10-14T16:44+0500
2025-10-14T16:44+0500
2025-10-14T16:44+0500
matbuot markazi
video
matbuot markazi video
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0e/52691701_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_169520bc1e15664f2749874cb8edd783.jpg
Sputnik multimedia matbuot markazida Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.Gap uning O‘zbekistonga tashrifi, madaniy tashabbuslar va ijodiy rejalar haqida bordi.Sergey Bezrukov Toshkentga “Bezori. Tazarru” musiqiy-she’riy spektakli bilan keldi. Unda buyuk rus shoiri taqdiri haqida hikoya qiladi, Yeseninning asarlarini o‘qib, uning she’rlarini qo‘shiq qilib ijro etadi.Spektaklda rok sadolari ham, jo‘shqin tango ham, lirik ballada ham yangraydi. Maqsad – Kumush asrning yorqin vakillaridan biri naqadar turli bo‘lganini ko‘rsatish.Bezrukovning ma’lum qilishicha, Toshkentda Yesenin haykalini o‘rnatish bo‘yicha hokimiyat bilan muzokaralar olib borilmoqda va dastlabki qaror qabul qilingan.Bezrukov Yesenin Toshkent va Samarqandda bo‘lganini, u yerlarda Sharq madaniyatidan ilhomlanib, “Fors taronalari” turkumini yaratganini eslatib o‘tdi.Rossiya xalq artisti san’at va teatr markazi sifatida Toshkentning alohida o‘rnini ta’kidladi.“Bu yerda ulkan, boy madaniyatning vakillari bor. Milliy teatr, rus teatri, VGIK filiali mavjud. Teatr an’analarini qayta tiklash muhim vazifa. Aynan yuqori darajali spektakllar bilan tez-tez tashrif buyurgim keladi”, - dedi u.Anjuman yakunida Bezrukov Vladimir Visoskiyning afsonaviy “Koni priveredlivie" qo‘shig‘ini ijro etdi.Batafsil — Sputnik videosida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0e/52691701_66:0:1506:1080_1920x0_80_0_0_8dc3a1c7805cbd9ab966267126602209.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sergey bezrukov o‘zbekiston haqida video
sergey bezrukov o‘zbekiston haqida video
Toshkent, Yesenin, Visoskiy va “Bezori”: Sergey Bezrukov O‘zbekiston haqida
Eksklyuziv
Toshkentda Yesenin haykalini o‘rnatish bo‘yicha hokimiyat bilan muzokaralar olib borilmoqda va dastlabki qaror qabul qilingan.
Sputnik multimedia matbuot markazida Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Gap uning O‘zbekistonga tashrifi, madaniy tashabbuslar va ijodiy rejalar haqida bordi.
Sergey Bezrukov Toshkentga “Bezori. Tazarru” musiqiy-she’riy spektakli bilan keldi. Unda buyuk rus shoiri taqdiri haqida hikoya qiladi, Yeseninning asarlarini o‘qib, uning she’rlarini qo‘shiq qilib ijro etadi.
Spektaklda rok sadolari ham, jo‘shqin tango ham, lirik ballada ham yangraydi. Maqsad – Kumush asrning yorqin vakillaridan biri naqadar turli bo‘lganini ko‘rsatish.
Bezrukovning ma’lum qilishicha, Toshkentda Yesenin haykalini o‘rnatish bo‘yicha hokimiyat bilan muzokaralar olib borilmoqda va dastlabki qaror qabul qilingan.
Bezrukov Yesenin Toshkent va Samarqandda bo‘lganini, u yerlarda Sharq madaniyatidan ilhomlanib, “Fors taronalari” turkumini yaratganini eslatib o‘tdi.
“Yesenin o‘sha Fors bilan aynan shu yerda, Toshkentda ta’sirlangan. U O‘zbekiston madaniyatiga maftun bo‘lib, Samarqandga oshiq bo‘lgan”, - dedi san’atkor.
Rossiya xalq artisti san’at va teatr markazi sifatida Toshkentning alohida o‘rnini ta’kidladi.
“Bu yerda ulkan, boy madaniyatning vakillari bor. Milliy teatr, rus teatri, VGIK filiali mavjud. Teatr an’analarini qayta tiklash muhim vazifa. Aynan yuqori darajali spektakllar bilan tez-tez tashrif buyurgim keladi”, - dedi u.
Anjuman yakunida Bezrukov Vladimir Visoskiyning afsonaviy “Koni priveredlivie" qo‘shig‘ini ijro etdi.
Batafsil —
Sputnik videosida.