Vaqtincha yopilgan Toshkent metrosi yo‘nalishi 1-noyabrda ochilishi kutilyapti

© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanGlava gosudarstva oznakomilsya s liniyey nadzemnogo metro, postroyennoy mejdu Kuylyukom i Sergeli, proyexalsya na ney vmeste s predstavitelyami obshestvennosti.
Glava gosudarstva oznakomilsya s liniyey nadzemnogo metro, postroyennoy mejdu Kuylyukom i Sergeli, proyexalsya na ney vmeste s predstavitelyami obshestvennosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2025
Obuna bo‘lish
Avvalroq 18-oktabrda ochilishi aytilgan "Texnopark–Qipchoq" metro bekatlari profilaktika ishlaridan so‘ng intervallarni qisqartirish maqsadida 1-noyabrda ishga tushishi ma’lum qilindi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Profilaktika ishlarini amalga oshirish munosabati bilan vaqtincha to‘xtatilgan “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlari harakati joriy yilning 1-noyabr sanasi atrofida qayta tiklanishi kutilmoqda. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida olib borilgan rejali profilaktika ishlari doirasida keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazilib, aniqlangan bir qator kamchiliklar bartaraf etilgan. Jumladan, yo‘l holati to‘g‘rilangan, nosoz shpallar almashtirilgan, drenaj tizimi tekshirilgan hamda shag‘allar holati baholangan.
Avvalroq ushbu yo‘nalish faoliyatining taxminan 18-oktabr kuni qayta yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lumot berilgan edi.
Biroq sinov jarayonlarini takomillashtirish, poyezdlar harakatini ikki barobar tezlashtirish va oraliq intervalni qisqartirish maqsadida bekatlar faoliyati 1-noyabr atrofida qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Stansiya s vremennim nazvaniyem Ikinchi Tashkentskogo metropolitena. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2025
Toshkent metrosining 6 ta bekati ta’mirlash uchun vaqtincha yopiladi
Yangiliklar lentasi
0