Moskvada Mudofaa vazirligi zobitiga qarshi teraktning oldi olindi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishFSB RF zaderjala podozrevayemogo v gosizmene v Xabarovskom krae
FSB RF zaderjala podozrevayemogo v gosizmene v Xabarovskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2025
Obuna bo‘lish
Terakt ijrochisini Rossiya va O‘zbekiston qidiruvga bergan “Islom davlati”* a’zosi Saidakbar G‘ulomov yollagan.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Moskvada Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati (FXX) Mudofaa vazirligining yuqori lavozimli zobitiga qarshi teraktning oldini oldi. Bu haqda Rossiya FXX axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, teraktni Ukraina maxsus kuchlari “Islom davlati”* bilan birgalikda tayyorlagan.
To‘rt kishi qo‘lgan olingan. Ular orasida – rejalashtirilgan jinoyatning izini yashirishga aloqador 3 nafar rossiyalik va terakt ijrochisi bo‘lishi kerak bo‘lgan markaziy osiyolik.
Rossiya FXX ma’lumotlariga ko‘ra, terakt ijrochisini Rossiya va O‘zbekiston qidiruvga bergan “Islom davlati”* a’zosi Saidakbar G‘ulomov yollagan. G‘ulomov Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsion, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov o‘ldirilishiga ham aloqador.
U ijrochi harakatlari Ukraina va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari hududlaridan masofaviy tarzda boshqargan, unga pul va suiqasd uyushtirish tayyorlangan harbiy haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan.
Ta’kidlanishicha, Ukraina maxsus xizmatlari dronlar yordamida portlovchi va bomba uchun boshqa tarkibiy qismlarni Rossiya hududiga noqonuniy yetkazib bergan. Uni Moskvaning zich aholi yashaydigan joyida portlanish rejalashtirilgan. Qurilma 70 m radiusdagi kishilarni yo‘q qilishi kerak bo‘lgan.
Qo‘lga olingan rossiyaliklar Rossiya hududidagi firibgarlar call-markazlari faoliyatiga ko‘maklashishgan.
Rossiya JKning terakt va portlovchi moddalarni noqonuniy olib, berish va saqlash moddalari bilan jinoiy ish ochilgan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchi tashkilot
Kadri zaderjaniya podozrevayemix v podgotovke teraktov na yevreyskix kultovix obyektax  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2025
Rossiya FXX Patigorsk va Krasnoyarskda rejalashtirilgan teraktlarning oldini oldi
Yangiliklar lentasi
0