O‘zbekiston xalqaro zaxiralaridagi oltin - infografika

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki omborlaridagi oltin qiymati 4,17 mlrd dollarga ko‘tarilib, tarixda ilk bor 44,22 mlrd dollardan oshdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-oktabr holatiga O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 54,99 milliard dollarga yetdi.
O‘sishning asosiy omili — oltin narxining jahon bozorida oshishi bo‘ldi. Markaziy bank omborlaridagi oltin qiymati 4,17 milliard dollarga ko‘tarilib, tarixda ilk bor 44,22 milliard dollardan oshdi. Shu bilan birga, zaxiralarning fizik hajmi biroz kamayib, 11,8 million troya unsiyasidan 11,6 millionga tushdi.
Hozirda mamlakat zaxiralarining 80,4 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa Markaziy bankning xavfsiz va ishonchli aktivlar tomon yo‘nalishni kuchaytirayotganidan dalolat beradi.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0