O‘zbekiston va Rossiya kreativ sanoatda hamkorlikning yangi bosqichini boshladi

© Fond razvitiya kulturi i iskusstvaUzbekistan i Rossiya podpisali protokol o sotrudnichestve v oblasti kreativnoy ekonomiki
Uzbekistan i Rossiya podpisali protokol o sotrudnichestve v oblasti kreativnoy ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2025
Obuna bo‘lish
Xalqaro kreativ iqtisodiyot anjumanida O‘zbekiston faol ishtirok etdi. O‘zbekiston va Rossiya hamkorlik bayonnomasini imzolab, kreativ sanoatni rivojlantirishda yangi bosqichni boshladilar
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Sankt-Peterburgda BRIKS, MDH, ShHT hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlaridan 1500 nafardan ortiq ishtirokchini birlashtirgan Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro anjumanda O‘zbekiston faol ishtirok etdi.
Anjuman jahon miqyosida kreativ sanoat rivoji va xalqaro hamkorlikni muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi, Prezident administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti rahbari Gayane Umerova hamda Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi bosh direktori Svetlana Chupsheva Jamg‘arma va agentlik o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi.

“Kelishuv doirasida "Kreativ sanoatni rivojlantirish mintaqaviy standarti"ni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish va joriy etish ko‘zda tutilgan. Bu ikki mamlakat o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish hamda kreativ iqtisodiyot strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratadi,” — deyilgan xabarda.

Shuningdek, Sankt-Peterburgdagi “Manej” ko‘rgazmalar zalida “Kreativ salohiyat: qadriyatlar, texnologiyalar, brendlar” nomli ko‘rgazma ochildi. O‘zbekiston ekspozitsiyaning maxsus mehmoni sifatida qatnashdi.
Ministri kulturi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii podpisali soglashenie o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2025
Ozodbek Nazarbekov Saudiya madaniyat vaziri bilan hamkorlik to‘g‘risida hujjat imzoladi
Yangiliklar lentasi
0