https://oz.sputniknews.uz/20251010/rossiya-ozbekiston-quron-52602066.html
Rossiya nashriyoti O‘zbekistonga ilk bosma Qur’onlardan birini hadya qildi
Rossiya nashriyoti O‘zbekistonga ilk bosma Qur’onlardan birini hadya qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning “Medina” nashriyoti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga noyob asarlar to‘plamini hadya qildi. Ular orasida islom matbaachiligi tarixidagi ilk bosma Qur’onlardan biri ham bor.
2025-10-10T15:01+0500
2025-10-10T15:01+0500
2025-10-10T15:01+0500
madaniyat
o‘zbekiston
rossiya
qur’oni karim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/65/54/655433_0:0:1500:843_1920x0_80_0_0_d65f369907289397d6f2779c170f12c9.jpg
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Rossiyaning “Medina” nashriyoti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga noyob asarlar to‘plamini hadya qildi. Ular orasida islom matbaachiligi tarixidagi ilk bosma Qur’onlardan biri ham bor. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.Noyob kitoblarni topshirish "Buyuk o‘tmish merosi — ma’rifatli kelajak asosi" xalqaro forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.“Medina” nashriyoti rahbari Ilyas Sadurining so‘zlariga ko‘ra, Islom sivilizatsiyasi markaziga bunday to‘plamni taqdim etish katta sharaf.Islom sivilizatsiyasi markazi Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-iyundagi qarori asosida qurilmoqda. Markaz binosi uch qavatdan iborat bo‘lib, qadimiy me’morchilik yodgorliklari uslubida yaratilgan. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan.Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali bo‘ladi. Bu yerda musulmon dunyosining ma’naviy durdonasi — qadimiy Usmon Mushafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O‘zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitob nusxalari va ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari qo‘yiladi. Jahondagi eng nodir qo‘lozma Qur’onlardan namunalar ham o‘rin oladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250817/kaba-yopinchigi-ozbekiston-51297287.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/65/54/655433_0:0:1124:843_1920x0_80_0_0_07ebb94bbc73548b8662cb7971947ad6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ilk bosma qur’on o‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi
ilk bosma qur’on o‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi
Rossiya nashriyoti O‘zbekistonga ilk bosma Qur’onlardan birini hadya qildi
Bu muqaddas kitob 1787-yilda Sankt-Peterburg shahrida chop etilgan bo‘lib, islom matbaachiligi tarixidagi ilk bosma Qur’onlardan biri sanaladi.
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Rossiyaning “Medina” nashriyoti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga noyob asarlar to‘plamini hadya qildi. Ular orasida islom matbaachiligi tarixidagi ilk bosma Qur’onlardan biri ham bor. Bu haqda markaz matbuot xizmati
xabar berdi. Noyob kitoblarni topshirish "Buyuk o‘tmish merosi — ma’rifatli kelajak asosi" xalqaro forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
“Marosimda hadya etilgan eng qimmatli nusxalardan biri — musulmonlar tomonidan ilk bor nashr etilgan Qur’oni Karim bo‘ldi. Bu muqaddas kitob 1787-yilda Sankt-Peterburg shahrida chop etilgan bo‘lib, islom matbaachiligi tarixidagi ilk bosma Qur’onlardan biri sifatida jahon madaniy merosida alohida o‘rin tutadi”, - deyilgan xabarda.
“Medina” nashriyoti rahbari Ilyas Sadurining so‘zlariga ko‘ra, Islom sivilizatsiyasi markaziga bunday to‘plamni taqdim etish katta sharaf.
“Bu hadya orqali biz ilmiy va ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlashni, Markaz faoliyati orqali yosh avlodga tarixiy merosni yetkazishda o‘z hissamizni qo‘shishni maqsad qilganmiz”, - dedi u.
Islom sivilizatsiyasi markazi Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-iyundagi qarori asosida qurilmoqda. Markaz binosi uch qavatdan iborat bo‘lib, qadimiy me’morchilik yodgorliklari uslubida yaratilgan. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan.
Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali bo‘ladi. Bu yerda musulmon dunyosining ma’naviy durdonasi — qadimiy Usmon Mushafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O‘zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitob nusxalari va ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari qo‘yiladi. Jahondagi eng nodir qo‘lozma Qur’onlardan namunalar ham o‘rin oladi.