Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Istanbul muzokaralari jarayoni Kiyev aybi bilan to‘xtab qolgan – Peskov

© Sputnik / Kristina Kormilisina / Mediabankka o‘tishDmitriy Peskov
Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2025
Obuna bo‘lish
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni Rossiya muzokarachilari bergan hujjat loyihasiga ham javob qaytarmayapti.
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Rossiya takliflariga Ukrainaning munosabat bildirishni istamasligi Istanbuldagi muzokaralar jarayonini to‘xtatib qo‘ygan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Istanbuldagi muzokaralar jarayoni hozir to‘xtab qolgan. U Kiyev rejimining br qo‘ygan masalalarga qandaydir javob berishni istamasligi sabab to‘xtab qolgan”, - dedi Kreml vakili “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida.
Peskovning ta’kidlanishicha, Ukraina tomoni Rossiya muzokarachilari bergan hujjat loyihasiga ham, Moskvaning ishchi guruh tashkil etish taklifiga ham javob qaytarmayapti.
Eslatamiz, Ukraina mojarosi bo‘yicha Istanbuldagi muzokaralar uch yillik tanaffusdan keyin Moskva tashabbus bilan qayta tiklangan edi. Jami uch marta uchrashuv o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0