O‘zbekistonning 40 tadan ortiq kompaniyasi “INNOPROM.Belarus” xalqaro ko‘rgazmasida qatnashdi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Uzbekistan prinyal uchastie v vistavke "INNOPROM.Belarus"
Uzbekistan prinyal uchastie v vistavke INNOPROM.Belarus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi “INNOPROM.Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga qatnashdi. “Made in Uzbekistan” milliy stendida 40 dan ortiq kompaniya mahsulotlari namoyish etildi
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev boshchiligidagi ISSV va mahalliy tadbirkorlar delegatsiyasi Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “INNOPROM.Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdilar.
“Made in Uzbekistan” milliy stendida "SPZ Bearings" O‘zbekiston–Rossiya qo‘shma korxonasi, "New Best Style", "Premier Electrotech", "Sulton Sharbat", "Global Textile Group", "Imzo", "Artel", "Toshkent Kimyo" va "Gold Step Invest" kabi 40 tadan ortiq yetakchi kompaniya mahsulotlari taqdim etildi.
Kompaniyalar qurilish materiallari, elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, zargarlik, charm-poyabzal va oziq-ovqat sanoatidagi O‘zbekiston salohiyatini namoyish etdilar.
O‘zbekistonning milliy paviloni Belarus va mintaqaning boshqa davlatlari ishbilarmon doiralari vakillari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuvlar chog‘ida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, mahsulot yetkazib berish va qo‘shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
INNOPROM.Belarus — bu 20 ming kvadrat metrdan ortiq ko‘rgazma maydoni, 300 tadan ziyod kompaniyalar va 10 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilarni birlashtirgan, “innovatsiyalar imkoniyatlar bilan uchrashadigan” platforma hisoblanadi.
Na Mejdunarodnoy promishlennoy vistavke Innoprom v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
Aripov "Innoprom. Belarus" ko‘rgazmasi yalpi sessiyasida ishtirok etadi
Yangiliklar lentasi
0