https://oz.sputniknews.uz/20251009/siam-egizaklar-ajratilish-52562991.html
Toshkent viloyatida siam egizaklarni ajratish bo‘yicha muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazildi
Toshkent viloyatida siam egizaklarni ajratish bo‘yicha muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida Ona va bola salomatligi markazi shifokorlari muddatidan avval tug‘ilgan siam egizaklarni mahalliy sharoitda muvaffaqiyatli ajratishga muvaffaq bo‘ldi.
2025-10-09T10:52+0500
2025-10-09T10:52+0500
2025-10-09T10:52+0500
o‘zbekiston
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
salomatlik
shifokor
shifoxona
egizaklar
taqdirlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/09/52562402_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_eaf0a87682a7b4276275475d1748cc15.jpg
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Chirchiq shahridagi Toshkent viloyati filialida noyob operatsiya o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Kesarcha kesish yo‘li bilan muddatidan avval dunyoga kelgan siam egizaklari tug‘uruqdan 9 soat o‘tib, shoshilinch ravishda mahalliy sharoitda o‘ta murakkab amaliyot orqali ajratib olindi. Besh soat davom etgan yuqori texnologik operatsiya Neonatal xirurgiya markazi rahbari professor Baxtiyor Ergashev boshchiligidagi malakali mutaxassislar tomonidan bajarildi. Siam egizaklarini ajratib olish operatsiyasida ishtirok etgan bir guruh mutaxassislar “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Salomatligi yaxshilangan bemorlar va ularning onasiga shifoxonadan uyiga javob berildi.Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik shifokorlar ilk bor siam egizaklarini 2023-yilda muvaffaqiyatli ajratib olishgan edi. O‘shanda qirg‘izistonlik siam egizaklarda o‘ta noyob operatsiya o‘tkazilgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250813/ozbekiston-noyob-yurak-jarrohligi-51210671.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/09/52562402_125:0:1085:720_1920x0_80_0_0_44314a961dd7e31e7e35709734a8a437.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siam egizaklar, noyob operatsiya, toshkent viloyati, ona va bola salomatligi markazi, asilbek xudayarov, baxtiyor ergashev, neonatal xirurgiya, o‘zbekiston tibbiyoti, shoshilinch amaliyot, tibbiyot yutuqlari, ssv, sog‘liqni saqlash vazirligi
siam egizaklar, noyob operatsiya, toshkent viloyati, ona va bola salomatligi markazi, asilbek xudayarov, baxtiyor ergashev, neonatal xirurgiya, o‘zbekiston tibbiyoti, shoshilinch amaliyot, tibbiyot yutuqlari, ssv, sog‘liqni saqlash vazirligi
Toshkent viloyatida siam egizaklarni ajratish bo‘yicha muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazildi
Chirchiq shahri tibbiyot markazida noyob operatsiya amalga oshirildi. Muddatidan avval tug‘ilgan siam egizaklar muvaffaqiyatli ajratildi.
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Chirchiq shahridagi Toshkent viloyati filialida noyob operatsiya o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Kesarcha kesish yo‘li bilan muddatidan avval dunyoga kelgan siam egizaklari tug‘uruqdan 9 soat o‘tib, shoshilinch ravishda mahalliy sharoitda o‘ta murakkab amaliyot orqali ajratib olindi.
Besh soat davom etgan yuqori texnologik operatsiya Neonatal xirurgiya markazi rahbari professor Baxtiyor Ergashev boshchiligidagi malakali mutaxassislar tomonidan bajarildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarovning ta’kidlashicha, bunday murakkab amaliyotlar hatto rivojlangan davlatlarda ham uzoq tayyorgarlikdan so‘ng bajariladi. Viloyat darajasida muddatidan avval tug‘ilgan siam egizaklarni muvaffaqiyatli ajratish — mamlakat tibbiyoti yangi bosqichga ko‘tarilganining yorqin dalilidir.
Siam egizaklarini ajratib olish operatsiyasida ishtirok etgan bir guruh mutaxassislar “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Salomatligi yaxshilangan bemorlar va ularning onasiga shifoxonadan uyiga javob berildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik shifokorlar ilk bor siam egizaklarini 2023-yilda muvaffaqiyatli
ajratib olishgan edi. O‘shanda qirg‘izistonlik siam egizaklarda o‘ta noyob operatsiya o‘tkazilgandi.