Putin Aliyevga AZAL samolyoti halokati tafsilotlarini ochiqladi

© FOTO Press-slujba prezidenta Azerbaydjana
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, AZAL samolyoti halokati sabablari, jumladan, osmonda Ukraina droni bo‘lgani bilan bog‘liq.
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyevga AZAL kompaniyasi samolyoti halokati tafsilotlarini ma’lum qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Asosiy ma’lumotlar:
Putin AZAL samolyoti halokatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildirdi.
Rossiya, kelishuvlarga muvofiq, halokatga oid tergovga har tomonlama yordam bermoqda.
AZAL samolyoti halokati sabablari, jumladan, osmonda Ukraina droni bo‘lgani bilan bog‘liq.
Rossiya AZAL samolyoti halokati kunida chegarani kesib o‘tgan uchta Ukraina dronini “tutgan”.
Rossiya havo mudofaasi tizimi uchirilgan ikkita raketa AZAL samolyotiga bevosita tegmagan, bir necha metr uzoqlikda portlagan.
Bortga, hoynahoy, jangovar elementlar emas, balki parchalar tekkan.
AZAL samolyoti ekipajiga Maxachqa’laga qo‘nish taklif qilingan, biroq ular asosiy aeroportga borishga qaror qilishgan.
Halokat sabablari voqeani sinchkovlik bilan tahlil qilgandan keyin ayon bo‘ldi.
Rossiya AZAL samolyoti halokati munosabati bilan barcha mansabdor shaxslar xatti-harakatlariga huquqiy baho beradi.
Moskva kompensatsiya qismi bo‘yicha barcha zaruriy ishlarni bajaradi.
Bizning burchimiz – AZAL samolyoti halokatining haqiqiy sabablarini e’lon qilish va xolis baho berish.
Rossiya va Ozarbayjon rahbarlarining muzokaralari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tdi.
Eslatamiz, Bokudan Checheniston poytaxti Grozniyga parvoz qilayotgan “Ozarbayjon havo yo‘llari” samolyoti Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida halokatga uchradi. Bortda 67 kishi bo‘lgan – 62 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zolari. Ular Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan. Halokatda 38 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi esa omon qoldi.
