https://oz.sputniknews.uz/20251009/aholi-royxat-olinish-nizom-52574889.html
Aholini ro‘yxatga olish nizomi tasdiqlandi: kimlar ro‘yxatga olinadi?
Aholini ro‘yxatga olish nizomi tasdiqlandi: kimlar ro‘yxatga olinadi?
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat qarori bilan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tartibi belgilandi. Ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha, 45 kun davom etadi.
2025-10-09T16:47+0500
2025-10-09T16:47+0500
2025-10-09T16:47+0500
o‘zbekiston
jamiyat
qishloq xo‘jaligi
yangi qonun
diplomatlar
uy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/14/47625869_7:0:3648:2048_1920x0_80_0_0_c9dbf09689498ea5840908089fcf7b77.jpg
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Hujjat O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi. Ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar o‘tkaziladiRo‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi – 45 kun.Respondentlarning shaxsga va qishloq xo‘jaligi faoliyatiga doir ma’lumotlarini to‘plash jarayonida ro‘yxatga olish sanasidan keyingi o‘zgarishlar hisobga olinmaydi. Aholi soni va uning tarkibini hisoblashda: Respondentlar o‘zining doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Bunda kunlik tungi dam olishining ko‘proq qismini o‘tkazadigan uy (hovli), kvartira, yashash uchun foydalanilayotgan boshqa turar joy yoki noturar joy bino yashash joyi hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250922/ozbekiston-aholini-royxatga-olish-52144005.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/14/47625869_415:0:3146:2048_1920x0_80_0_0_eacdb1b6a41acfde425daffc07510128.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aholi ro‘yxati, qishloq xo‘jaligi ro‘yxati, 2026-yil, hukumat qarori, adliya vazirligi, respondent, ro‘yxatga olish tartibi, o‘zbekiston, aholi soni, statistika, ro‘yxatga olish nizomi, axoli ruyxati, yashash joyi
aholi ro‘yxati, qishloq xo‘jaligi ro‘yxati, 2026-yil, hukumat qarori, adliya vazirligi, respondent, ro‘yxatga olish tartibi, o‘zbekiston, aholi soni, statistika, ro‘yxatga olish nizomi, axoli ruyxati, yashash joyi
Aholini ro‘yxatga olish nizomi tasdiqlandi: kimlar ro‘yxatga olinadi?
Ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha bo‘lib, 45 kun davom etadi.
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Hujjat O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar o‘tkaziladi
Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi – 45 kun.
Respondentlarning shaxsga va qishloq xo‘jaligi faoliyatiga doir ma’lumotlarini to‘plash jarayonida ro‘yxatga olish sanasidan keyingi o‘zgarishlar hisobga olinmaydi.
Jumladan, ro‘yxatga olish savolnoma shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari 2026-yilning 15-yanvaridan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan to‘ldirilmaydi, biroq ro‘yxatga olish sanasidan keyin vafot etgan shaxslarga nisbatan to‘ldiriladi.
Aholi soni va uning tarkibini hisoblashda:
bir yildan ortiq muddatda mamlakat hududida bo‘lmagan fuqarolar;
Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xalqaro va hukumatlararo tashkilotlar, chet davlatlar hukumat tashkilotlari hamda chet davlatlar vakolatxonalarining xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari hamda ularning oila a’zolari;
xalqaro shartnomalarga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega bo‘lgan boshqa shaxslar hisobga olinmaydi.
Respondentlar o‘zining doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Bunda kunlik tungi dam olishining ko‘proq qismini o‘tkazadigan uy (hovli), kvartira, yashash uchun foydalanilayotgan boshqa turar joy yoki noturar joy bino yashash joyi hisoblanadi.