https://oz.sputniknews.uz/20251008/sirdaryo-orenburg-savdo-iqtisod-hamkorlik-52548868.html
Sirdaryo va Orenburg viloyatlari savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi
Sirdaryo va Orenburg viloyatlari savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi
Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryo delegatsiyasi tashrif bilan Orenburgda bo‘lib turibdi. Tomonlar savdo, sanoat va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda. 2025-yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 17 foizga oshgan
2025-10-08T16:56+0500
2025-10-08T16:56+0500
2025-10-08T16:56+0500
o‘zbekiston
rossiya
hamkorlik
bitim
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/08/52548303_0:0:950:534_1920x0_80_0_0_0980c604a3686851936015fca747448f.jpg
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Sirdaryo viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatida bo‘lib turibdi. Bu haqda Orenburg viloyati hukumati matbuot xizmati xabar berdi.Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari un ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Beno” MChJ hamda Orenburgning mashhur momiqchilik an’analarini saqlab kelayotgan “Orenburgskie puxovnisi” MChJ faoliyati bilan tanishdi.Shuningdek, mehmonlar go‘shtni qayta ishlash sanoati uchun import o‘rnini bosuvchi zamonaviy uskunalar ishlab chiqaradigan Orenburg avtomatlashtirish va robotlashtirish zavodida, shuningdek, “Kraft” pivo zavodida bo‘ldi.Orenburg viloyati iqtisodiy rivojlanish vaziri vazifasini bajaruvchi Yelena Zdorova bilan uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, turizm va sanoat sohalarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, Orenburg va Sirdaryo viloyati hokimliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv loyihasi ustidagi ishni qayta tiklashga kelishib olindi.2025 yilning dastlabki to‘rt oyi yakunlariga ko‘ra, Orenburg viloyatining O‘zbekiston bilan o‘zaro tashqi savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizdan ortiq o‘sgan.Tashqi savdo hajmi bo‘yicha Orenburg viloyati hamkorlari orasida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egallaydi. Hozirda Orenburg va O‘zbekistonning olti viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilmoqda.Tashrif doirasida delegatsiya uchun mahsulotlari tashqi bozorlarda katta talabga ega bo‘lgan “Plastik” MChJ bo‘ylab sayohat, shuningdek, Orenburg viloyatining yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va yengil sanoat korxonalari uyushmasi prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250924/jizzax-nijegorod-viloyat-hamkorlik-52222084.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/08/52548303_0:0:950:714_1920x0_80_0_0_b9ce15c605089f579c3a5533f2d2bd2f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sirdaryo viloyati, orenburg viloyati, amaliy tashrif, delegatsiya, hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalar, sanoat, turizm, investitsiya, yelena zdorova, beno mchj, orenburgskie puxovnisi, iqtisodiy rivojlanish, o‘zbekiston, rossiya, uzbekiston, rosiya, sirdare viloyati
sirdaryo viloyati, orenburg viloyati, amaliy tashrif, delegatsiya, hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalar, sanoat, turizm, investitsiya, yelena zdorova, beno mchj, orenburgskie puxovnisi, iqtisodiy rivojlanish, o‘zbekiston, rossiya, uzbekiston, rosiya, sirdare viloyati
Sirdaryo va Orenburg viloyatlari savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi
Sirdaryo viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Orenburg viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida tomonlar savdo, sanoat va turizm sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Sirdaryo viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatida bo‘lib turibdi. Bu haqda Orenburg viloyati hukumati matbuot xizmati
xabar berdi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari un ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Beno” MChJ hamda Orenburgning mashhur momiqchilik an’analarini saqlab kelayotgan “Orenburgskie puxovnisi” MChJ faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, mehmonlar go‘shtni qayta ishlash sanoati uchun import o‘rnini bosuvchi zamonaviy uskunalar ishlab chiqaradigan Orenburg avtomatlashtirish va robotlashtirish zavodida, shuningdek, “Kraft” pivo zavodida bo‘ldi.
Orenburg viloyati iqtisodiy rivojlanish vaziri vazifasini bajaruvchi Yelena Zdorova bilan uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, turizm va sanoat sohalarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, Orenburg va Sirdaryo viloyati hokimliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv loyihasi ustidagi ishni qayta tiklashga kelishib olindi.
Hujjatda iqtisodiy hamda ijtimoiy-gumanitar sohalarda sheriklikni kengaytirish bo‘yicha rejalar belgilandi.
2025 yilning dastlabki to‘rt oyi yakunlariga ko‘ra, Orenburg viloyatining O‘zbekiston bilan o‘zaro tashqi savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizdan ortiq o‘sgan.
Tashqi savdo hajmi bo‘yicha Orenburg viloyati hamkorlari orasida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egallaydi. Hozirda Orenburg va O‘zbekistonning olti viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilmoqda.
Tashrif doirasida delegatsiya uchun mahsulotlari tashqi bozorlarda katta talabga ega bo‘lgan “Plastik” MChJ bo‘ylab sayohat, shuningdek, Orenburg viloyatining yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va yengil sanoat korxonalari uyushmasi prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.