Ozarbayjon prezidenti TDT sammitida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni taklif etdi

© Minoboroni AzerbaydjanaMinoboroni Uzbekistana i Azerbaydjana provodat sovmestnie ucheniya
Minoboroni Uzbekistana i Azerbaydjana provodat sovmestnie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2025
Obuna bo‘lish
Ilhom Aliyev TDT sammitida 2026-yilda Ozarbayjonda a’zo davlatlarning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishni taklif etdi. Uning ta’kidlashicha, bu hamkorlikni yanada mustahkamlaydi
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) yetakchilari kengashi sammitidagi nutqida 2026-yilda Ozarbayjonda TDTga a’zo davlatlarning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishni taklif qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"Mamlakatlarimizning harbiy, mudofaa va xavfsizlik sohalaridagi keng ko‘lamli hamkorligini hisobga olib, 2026-yilda Ozarbayjonda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishni taklif qilamiz", - dedi Ozarbayjon rahbari.

Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining o‘n ikkinchi sammiti mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Tashkilot tarkibiga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston kiradi. Vengriya hamda Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega. TDT bosh qarorgohi Istanbul shahrida joylashgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev na sammite Organizatsii turkskix gosudarstv v Gabale - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2025
TDT sammiti: O‘zbekiston prezidenti qanday tashabbuslarni ilgari surdi
Yangiliklar lentasi
0