https://oz.sputniknews.uz/20251008/aes-baholash-standart-52549512.html
AESlarda avariya xavfini baholash bo‘yicha yagona standart qabul qilindi
AESlarda avariya xavfini baholash bo‘yicha yagona standart qabul qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablar Adliyada ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hujjat atom stansiyalari xavfsizligini ta’minlash, avariya ehtimolini baholash va modernizatsiya nazoratini belgilaydi.
2025-10-08T17:23+0500
2025-10-08T17:23+0500
2025-10-08T17:23+0500
o‘zbekiston
aes
atom energetikasi
o‘zatom
xavfsizlik
tahlil
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/07/51101370_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ca1179af254e8a34909dc45c1978245c.jpg
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. “Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan” asosiy talablar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3684-son, 08.10.2025 y). Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Mazkur asosiy talablar loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan va foydalanilayotgan AES blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Ehtimoliy xavfsizlik tahlili quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: Ehtimoliy xavfsizlik tahlili natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin: ️Ehtimoliy xavfsizlik tahlilini o‘tkazish uchun AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot mas’ul hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250927/ozbekiston-yadro-zarari-uchun-javobgarlik-togrisidagi-vena-konventsiyasiga-qoshildi-52294719.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/07/51101370_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ed57e9839e7d61cc21e1404fe13373d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aes, atom elektr stansiyasi, xavfsizlik tahlili, ehtimoliy tahlil, adliya vazirligi, normativ hujjat, davlat ro‘yxati, energiya xavfsizligi, texnik talablar, atom energiyasi, o‘zbekiston, avariya xavfi, atom stansiyasi loyihasi, modernizatsiya, ayes
aes, atom elektr stansiyasi, xavfsizlik tahlili, ehtimoliy tahlil, adliya vazirligi, normativ hujjat, davlat ro‘yxati, energiya xavfsizligi, texnik talablar, atom energiyasi, o‘zbekiston, avariya xavfi, atom stansiyasi loyihasi, modernizatsiya, ayes
AESlarda avariya xavfini baholash bo‘yicha yagona standart qabul qilindi
AESda xavfsizlik darajasini baholash va ehtimoliy avariyalarni oldini olish bo‘yicha talablar belgilandi. Hujjat AES bloklarida ehtimoliy xavfsizlik tahlilini o‘tkazish tartibini aniqlaydi.
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. “Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan” asosiy talablar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3684-son, 08.10.2025 y). Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Mazkur asosiy talablar loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan va foydalanilayotgan AES blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Ehtimoliy xavfsizlik tahlili quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
AES bloki xavfsizligining ehtimoliy ko‘rsatkichlarini hisoblash;
og‘ir avariyalar va katta avariyaviy tashlanmalar ehtimolini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan normativ chegaralar bilan taqqoslash;
AES bloki xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ustuvorliklarni belgilash;
AES bloki tizimlarini (elementlarini) modernizatsiya qilish tadbirlarining AES bloki xavfsizligiga ta’sirini baholash.
Ehtimoliy xavfsizlik tahlili natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:
xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan AES bloki tizimlarining ishonchliligini baholash;
nazorat va tekshiruv ishlarini rejalashtirish va baholash;
loyihaviy avariyalar uchun boshlang‘ich hodisalar ro‘yxatini asoslash;
loyihadan tashqari avariyalar ro‘yxatini asoslash.
️Ehtimoliy xavfsizlik tahlilini o‘tkazish uchun AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot mas’ul hisoblanadi.