Toshkentda Rossiya matematika, fizika va informatika haftaligi bo‘lib o‘tadi

© RIA Novosti / Aleksandr KrajevStudenti v auditorii. Arxivnoe foto
Studenti v auditorii. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentda Rossiya matematika, fizika va informatika haftaligi bo‘lib o‘tadi. Tadbir fan sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. 2025 yil 20-23 oktabr kunlari Toshkentda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialida Rossiya matematika, fizika va informatika haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar Rossiya va O‘zbekiston Respublikasi pedagoglariga tajriba almashish, maktab o‘quvchilariga esa aniq fanlar bo‘yicha olimpiada va tanlovlarga tayyorgarlikning yangi texnologiyalarini o‘zlashtirish imkonini beruvchi bir qator qiziqarli ma’ruzalar, mahorat darslari va seminarlar tayyorladilar.
"Biz dasturni shunday tuzdikki, hamkasblarimiz yangi ta’lim texnologiyalari bilan tanishsinlar, o‘qitish sohasida tajriba almashsinlar, ta’lim oluvchilar uchun birgalikda fan keyslarini ishlab chiqsinlar, - deydi loyiha rahbari, texnika fanlar nomzodi Aleksandr Kindayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pedagoglar Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi guvohnoma bilan bepul malaka oshirishdan o‘tadilar, maktab o‘quvchilari esa Rossiya ta’limining imkoniyatlari va turli darajadagi olimpiadalar haqida ko‘proq bilib olishlari mumkin.
Dastur bilan quyidagi havola orqali tanishish va ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Matematika, fizika yoki informatika fanlaridan dars berayotgan o‘qituvchilar tadbirda ishtirok etish uchun maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Shuningdek, aniq fanlarga qiziquvchi maktab o‘quvchilari o‘zlariga mos mahorat darsini tanlab, ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Loyiha tashkilotchilari: Rossotrudnichestvo va "Penza davlat texnologiya universiteti" OTM FDBOU.
Studenti v universitete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2025
Chegara bilmas fan: rossiyalik olimlar O‘zbekiston yoshlari uchun ma’ruzalar o‘qiydi
Yangiliklar lentasi
0