Transport vazirligi senatorlarning poytaxtdagi tirbandlik bo‘yicha so‘roviga javob qaytardi

© Sputnik / Baxrom XatamovProbki na dorogax Tashkenta
Probki na dorogax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2025
Obuna bo‘lish
Oliy Majlisi Senatori so‘roviga berilgan javobda poytaxtda transport tizimini takomillashtirish va tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi Oliy Majlis Senatining Toshkent yo‘llaridagi tirbandliklar muammosini hal etish bo‘yicha rasmiy so‘roviga javob qaytardi.
Vazirlik ma’lumotida aytilishicha, so‘nggi ikki yil ichida Toshkent shahrida aholiga qulay transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, shaharning avtobus parklari uchun 1 004 ta yangi zamonaviy avtobus xarid qilindi. Natijada harakat tarkibi soni 1 847 taga yetdi.
Avtobuslar orasidagi intervallar ikki barobarga qisqargan. Yo‘lovchilar soni 2,2 barobarga ko‘payib, kunlik 1,4 million nafarga yetgan. Bu esa 140 mingga yaqin shaxsiy avtoulov va taksilardan foydalanishning kamayishiga olib keldi.
Shaharning 31 ta ko‘chasida alohida avtobus yo‘laklari tashkil etildi. Bu yo‘nalishlarda 142 ta avtobus qatnab, har kuni 22 mingga yaqin reys amalga oshirilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat shu yo‘nalishlardagina yo‘lovchilarning vaqtini tejash hisobiga 800 mingga yaqin kishi qulaylikka erishgan.
Toshkent shahrida tirbandliklarni kamaytirish, jamoat transporti jozibadorligini oshirish hamda uning yo‘llarda harakat ustuvorligini ta’minlash uchun shaharning asosiy transport arteriyasi hisoblangan 73 ta ko‘chada jamoat transporti harakati ustuvorligi, piyodalar uchun qulay va xavfsiz infratuzilma, transport oqimini samarali boshqarish (aqlli svetoforlar) tizimlarini o‘z ichiga olgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent aglomeratsiyasi aholisini jamoat transporti bilan qamrab olish maqsadida shahar atrofidagi hududlarga yangi avtobus yo‘nalishlari ochilmoqda. Shuningdek, joriy yil oktabr oyida 200 ta yangi elektrobus keltirilishi rejalashtirilgan. 2026-yilda esa yana 1000 ta zamonaviy avtobus Toshkentdagi harakat tarkibiga qo‘shiladi.
Yangi avtobuslar kelishi bilan 48 ta yangi va qayta ishlangan yo‘nalishlar ishga tushirilib, shahar va aglomeratsiya o‘rtasidagi bog‘lanish yaxshilanadi. Shu maqsadda Yangi Toshkent hududida 3 ta zamonaviy avtosaroy qurilishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilgandan so‘ng Toshkentda 2 891 ta avtobus harakatlanadi, yo‘lovchi tashish hajmi esa 750 million nafargacha yetkaziladi. Yangi yo‘nalishlar, elektrobuslar va “aqlli” boshqaruv tizimlari orqali poytaxt aholisi uchun jamoat transporti yanada qulay va samarali bo‘lishi kutilmoqda.
Ulitsa Shota Rustaveli v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2025
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi avtotransport harakati uchun ochildi
Yangiliklar lentasi
0