Rossiya va O‘zbekiston yoshlar siyosati bo‘yicha qo‘shma loyihalarni rejalashtirmoqda

© Informatsionnoe agentstvo DunyoDelegatsiya Altayskogo kraya pribila v Uzbekistan
Delegatsiya Altayskogo kraya pribila v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2025
Obuna bo‘lish
Safar davomida yoshlar sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik, qo‘shma loyihalar va 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” muhokama etiladi
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiyaning Oltoy o‘lkasi Yoshlar siyosati va jamoatchilik rivojlanishi dasturlarini amalga oshirish boshqarmasi vakillaridan iborat delegatsiya amaliy safar bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Safar davomida O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi o‘rtasidagi yoshlar sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Shu jumladan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va 2025-2026 yillar uchun hamkorlik "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Rossiya tomoni O‘zbekiston bilan talabalar ishtirokida qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor.
Shuningdek, Rossiya delegatsiyasi Rus madaniyat markazida bo‘ladi va qadimiy Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi.
Safar 11-oktabrgacha davom etadi.
Toshkentda Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2025
Toshkentda Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi qanday o‘tdi - video
Yangiliklar lentasi
0