Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekiston: Yevroosiyo hamkorligi va yangi dunyo qiyofasi - video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Panteleyevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston, Markaziy Osiyoning yuragi sifatida, o‘ziga xos davlat, alohida mamlakat bo‘lib, unda bugungi kunda yangi ko‘p qutbli dunyo oldida turgan barcha vazifalar jamlangan.
Sputnik multimedia matbuot markazida "Katta Yevrosoiyo hamkorligi va yangi dunyo qiyofasi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
“Xorijdagi ruslar instituti” ANT direktori Sergey Panteleyevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston, Markaziy Osiyoning yuragi sifatida, o‘ziga xos davlat, alohida mamlakat bo‘lib, unda bugungi kunda yangi ko‘p qutbli dunyo oldida turgan barcha vazifalar jamlangan. Xususan, u “Shimol-Janub” xalqaro transport yo‘lagini rivojlantirishdagi mamlakatning muhim rolini qayd etdi.
“O‘zbekiston ishtirokisiz bu loyihani amalga oshirishning imkoni yo‘q. Asosiy umidlar Afg‘onistonga chiqish va Toshkentning faoli ishtirokiga bog‘langan. Ishonchim komilki, natija ayon bo‘ladi”, - dedi u.
A.M. Gorchakov nomidagi Jamoatchilik diplomatiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tahlilchisi, RFA Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Darya Saprinskayaning fikricha, 2025-yilni infratuzilma loyihalarga alohida e’tibor qaratish yili deb atash mumkin. Ko‘plab tashabbuslar, ko‘pincha tarqoq, Markaziy Osiyo mamlakatdari – xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston –rivojlanish yo‘llariga pragmatik yondashuv nuqtayi nazaridan munosabat bildirmoqda.
“Mamlakatlar o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, haqiqiy iqtisodiy naf olishga imkon beradigan eng foydali tijoriy yo‘nalishlarni tanlamoqda”, - dedi Saprinskaya.
Sergey Panteleyev ta’kidlashicha, infratuzilma tashabbuslarini amalga oshirishning tarixiy amaliyotiga ega bo‘lgan mintaqaviy o‘yinchilar asosiy rol o‘ynaydi.
Darya Saprinskayaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarini ularning mustaqilligini va o‘z taraqqiyot yo‘llarini hurmat qilish asosida qurib bormoqda.
“Kuchayib borayotgan raqobatga qaramay, biz suv, energetika masalalarini hal etish va inson kapitalini rivojlantirish bilan bog‘liq asosiy loyihalarni amalga oshirishga intilamiz", – dedi u.
G.V. Plexanov nomidagi RIU Siyosiy iqtisodiyot va iqtisodiy fanlar tarixi kafedrasi mudiri Svetlana Mudrova universitetning Toshkentdagi filialida turli mamlakatlar talabalari va yosh tadqiqotchilarini birlashtiruvchi xalqaro loyiha boshlanmoqda. Bunga o‘xshash tashabbuslar xalqaro hamkorlikning harakatlantiruvchi omili bo‘ladi.
Batafsil – Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0