O‘zbekiston ayollar terma jamoasi CAVA chempionatida ikkinchi bo‘ldi

© Press-slujba Ministerstva sportaVoleybolistki Uzbekistana zanyala vtoroe mesto na chempionate CAVA
Voleybolistki Uzbekistana zanyala vtoroe mesto na chempionate CAVA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tgan CAVA WOMEN’S VOLLEYBALL CHAMPIONSHIP 2025 musobaqasi yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi finalda Eronga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibi bo‘ldi
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan CAVA WOMEN’S VOLLEYBALL CHAMPIONSHIP 2025 musobaqasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa yopilishi marosimi davomida barcha ishtirokchi jamoalar, murabbiylar va hakamlar sahnaga taklif etilib, faol ishtirok etgan jamoalar, eng yaxshi o‘yinchilar hamda hakamlar maxsus sertifikat va sovrinlar bilan taqdirlandilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
Eron — chempionat g‘olibi bo‘ldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston — kumush medal bilan taqdirlandi.
Qirg‘iziston — bronza medal sohibiga aylandi.
Turnir Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi sport aloqalarini yanada mustahkamlashga va yosh sportchilarning xalqaro tajriba orttirishiga xizmat qildi.
Igri SNG: sbornaya Uzbekistana za odin den zavoyevala rekordnie 27 medaley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2025
MDH o‘yinlari: o‘zbekistonlik sportchilar bir kunda rekord darajadagi medalga ega chiqishdi
Yangiliklar lentasi
0