Senatorlar Toshkent hokimligiga xiyobon qurilishi nega boshlanmagani bo‘yicha so‘rov yubordi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaPlanernoe zasedanie Senata Oliy Majlisa
Planernoe zasedanie  Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2025
Obuna bo‘lish
Senator so‘rovida Toshkent shahar hokimidan Yunusoboddagi sobiq hibsxona hududida xiyobon qurilishi nega kechikkani haqida tushuntirish so‘ralgan.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Toshkent shahar hokimiga Yunusobodda qurilishi kerak bo‘lgan xiyobon nima uchun hali boshlanmagani bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi.
So‘rovda ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi farmoyishiga asosan Yunusoboddagi sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi hududi Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga o‘tkazilgan. Bu yerda zamonaviy xiyobon qurilishi belgilangan, ammo topshiriq hali ijro etilmagan.
"Hozirda ushbu yer maydonlari qarovsiz holatda qolayotgani, ayrim qurilish kompaniyalari tomonidan esa hududdan xususiy manfaatlarda foydalanishga bo‘lgan urinishlar kuzatilayotgani fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda", -deyilgan senatorlik so‘rovida.
So‘rovda Toshkent shahar hokimidan mazkur hududning hozirgi holati, vazifalar bajarilishi kechikkani sabablari hamda tegishli yer maydonini obodonlashtirish va zamonaviy xiyobon barpo etish bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choralar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘ralgan.
Probki na dorogax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2025
Senat Transport vazirligiga tirbandliklar borasida so‘rov yo‘lladi
Yangiliklar lentasi
0