Samarqandda "Music City Samarkand-2025" xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Samarqandda ilk bor “Music City Samarkand-2025” xalqaro musiqa va ijod tanlovi bo‘lib o‘tdi. Rus drama teatri sahnasida O‘zbekiston va Rossiyadan 200 nafarga yaqin san’atkor ishtirok etdi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Samarqand shahrida ilk bor "Music City Samarkand-2025" xalqaro musiqa va ijod tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov doirasida Rus drama teatri sahnasida bir necha kun davomida O‘zbekiston va Rossiyadan kelgan ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyish etishdi.
Tadbirda 200 nafarga yaqin san’atkorlar — bolalar, yoshlar va kattalar, shu jumladan nogironlar ham qatnashdi. Ular qo‘shiq aytishdi, raqsga tushishdi, musiqa asboblarini chalishdi, sahna ko‘rsatuvlari va mini-spektakllar namoyish etishdi.
Loyiha Rossiyaning “Melodika dushi” xayriya jamg‘armasi hamda “Do‘stlik” — Ural va O‘zbekiston xalqlari hamdo‘stligi markazi ko‘magida amalga oshirildi.

“Melodika dushi” jamg‘armasi prezidenti Mariya Fedorskixning ta’kidlashicha, “Music City” tanlovi bir necha yildan beri Yekaterinburgda o‘tkazib kelinadi. Bu yil esa u chegaralarini kengaytirib, ilk bor xalqaro miqyosga chiqdi. Tanlovda yakkaxon artistlar, ansambllar va orkestrlar ham ishtirok etdi.

Mariya Fedorskixning so‘zlariga ko‘ra, tanlov nafaqat ijodiy raqobat muhitini, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy do‘stlikni ham mustahkamlaydi.
Studenti v universitete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2025
Chegara bilmas fan: rossiyalik olimlar O‘zbekiston yoshlari uchun ma’ruzalar o‘qiydi
Yangiliklar lentasi
0