https://oz.sputniknews.uz/20251006/eik-misr-erkin-savdo-52493357.html
YeIK Misr bilan erkin savdo to‘g‘risidagi muzokaralarni qayta tiklashga tayyorligini bildirdi
YeIK Misr bilan erkin savdo to‘g‘risidagi muzokaralarni qayta tiklashga tayyorligini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Misr bilan erkin savdo hududi (ESH) bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyor. Bu haqda YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyov ma’lum qildi. Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi 2016-yilda Qohira bilan ESH bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni ma’qullagan.
2025-10-06T15:31+0500
2025-10-06T15:31+0500
2025-10-06T15:31+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
misr
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/06/52493640_0:0:3076:1731_1920x0_80_0_0_be19cfd0ac46a18fb47c9a404faa9c56.jpg
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Misr bilan erkin savdo hududi (ESH) bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyor. Bu haqda YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyov ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, hozirgi paytda Misr tomonining tashabbusi bilan Qohira bilan muzokaralar jarayoni to‘xtatilgan. Bu hozirgi dunyo iqtisodiy sharoitlari va ayniqsa Misrdagi vaziyatni hisobga olgan holda iqtisodiy muvozanatlarni qo‘shimcha tahlil qilish va baholash istagi bilan bog‘liq.Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi 2016-yilda Qohira bilan ESH bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni ma’qullagan. 2024-yil oxirigacha tomonlar oltita muzokaralar raundini o‘tkazishdi.Misrlik professor Vafa Alining so‘zlariga ko‘ra, YeOII bilan erkin savdo hududi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash Qohira uchun strategik imkoniyatdir.Hamkorlik mamlakatga 180 milliondan ortiq iste’molchilar, jumladan, Rossiya va Qozog‘iston bozoriga kirish imkoniyatini beradi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun qo‘shimcha kanallar yaratadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251005/indoneziya-eoii-52477684.html
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/06/52493640_321:0:3052:2048_1920x0_80_0_0_46d45d4c099f8972546439487702f57b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) misr erkin savdo hududi (esh) bo‘yicha muzokaralar
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) misr erkin savdo hududi (esh) bo‘yicha muzokaralar
YeIK Misr bilan erkin savdo to‘g‘risidagi muzokaralarni qayta tiklashga tayyorligini bildirdi
Hozirgi paytda Misr tomonining tashabbusi bilan Qohira bilan muzokaralar jarayoni to‘xtatilgan.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Misr bilan erkin savdo hududi (ESH) bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyor. Bu haqda YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyov ma’lum qildi.
“Biz har qanday vaqtda muzokaralar jarayonini qayta boshlashga, o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish uchun yangi sharoit va yondashuvlarni izlashga tayyormiz. Ammo bunda har ikki tomonning irodasi kerak, Misr tomoni ushbu muzokaralarni davom ettirishni o‘zi uchun mumkin deb hisoblagandan so‘ng biz bunga mamnuniyat bilan qaytamiz”, - dedi vazir “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida.
Ta’kidlanishicha, hozirgi paytda Misr tomonining tashabbusi bilan Qohira bilan muzokaralar jarayoni to‘xtatilgan. Bu hozirgi dunyo iqtisodiy sharoitlari va ayniqsa Misrdagi vaziyatni hisobga olgan holda iqtisodiy muvozanatlarni qo‘shimcha tahlil qilish va baholash istagi bilan bog‘liq.
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi 2016-yilda Qohira bilan ESH bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni ma’qullagan. 2024-yil oxirigacha tomonlar oltita muzokaralar raundini o‘tkazishdi.
Misrlik professor Vafa Alining so‘zlariga ko‘ra, YeOII bilan erkin savdo hududi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash Qohira uchun strategik imkoniyatdir.
Hamkorlik mamlakatga 180 milliondan ortiq iste’molchilar, jumladan, Rossiya va Qozog‘iston bozoriga kirish imkoniyatini beradi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun qo‘shimcha kanallar yaratadi.